The ranking of the Global Innovation Index for 2023 has been announced

The ranking of the Global Innovation Index for 2023 has been announced

Indeksda mamlakatlar 4 ta daromad guruhiga boʻlingan (yuqori daromad, yuqori oʻrta daromad, quyi daromad va past daromad), Oʻzbekiston oʻz guruhida (quyi oʻrta daromad) 37 ta davlat ichida 10-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston mintaqalar boʻyicha innovatsion iqtisodiyotlar tasnifida 10 ta Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida 4-oʻrinni egalladi.

Reytingning 2023-yilgi hisobotida Oʻzbekiston Innovatsiyalarni joriy etish uchun mavjud resurslar va sharoitlar (innovation input) subindeksida 72-oʻrinni, Innovatsiyalarni joriy etishda erishilgan amaliy natijalar (innovation output) subindeksida oʻtgan yilga nisbatan 3 pogʻonaga oʻsib, 88-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston shuningdek reytingda Boshqaruv institutlar sifati (+8), Infratuzilma (+1), Bilim va texnologiya mahsullari (+2), Ijodiy mahsulotlar (+9) yoʻnalishlarida oʻz oʻrnini oʻtgan yilga nisbatan yaxshiladi.

Shu oʻrinda Ijodiy mahsulotlar yoʻnalishi, yaʼni koʻngilochar va media bozori, mobil ilovalar yaratish, savdo belgilari, ijodiy mahsulotlar eksporti indikatorlari joriy yilda oʻtgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda ijobiy tomonga oʻzgardi. Bunda avvalgi yillar qamrab olinmagan indikatorlarga doir maʼlumotlarning kiritilishi va bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar sifatining oshishi bilan bogʻliq ekanini qayd etish mumkin.

Oʻzbekiston Yalpi jamgʻarilish (6-oʻrin), Mehnat unumdorligining oʻsishi (6-oʻrin), Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar (12-oʻrin), Kelib chiqishi boʻyicha foydali modellar (17-oʻrin) kabi 10 ta indikator boʻyicha yuqori natijalarga erishdi. Bu oʻrinda Yalpi jamgʻarilish indikatori mamlakatda ichki investitsiyalar darajasini anglatadi, yaʼni aholi va biznes tomonidan kredit olish imkoniyati, investitsiyalar oqimining jadalligi kabi omillar inobatga olinadi. Mehnat unumdorligi esa har bir band aholiga nisbatan yalpi ichki mahsulot qiymatining oʻsish darajasini anglatadi.

80 ta indikatorning 39 tasi boʻyicha oʻrni koʻtarilgan, 6 tasi oʻzgarmagan, 25 tasi pasaygan, 10 tasi maʼlumot mavjud emasligi uchun oʻrni aniqlanmagan.

Maʼlumot uchun: Global innovatsiya indeksi (GII) reyting Jahon intellektual mulk tashkiloti (Jeneva) tomonidan Portulans instituti (AQSH), turli korporativ va akademik tarmoq hamda GII maslahat kengashi bilan hamkorlikda tayyorlanib, global tadqiqot va innovatsion rivojlanish boʻyicha dunyo mamlakatlari faoliyatini baholaydigan yetakchi tadqiqot hisoblanadi hamda 2 ta subindeks va 7 ta yoʻnalish guruhiga birlashtirilgan 80 ta indikatorni oʻz ichiga oladi.

Reytingga Oʻzbekiston ilk bor 2015-yilda kiritilib, 141 ta mamlakat ichida 122-oʻrinni, 2020-yilda 93 hamda 2021-yilda 86-oʻrinni egallagan. 2022-yilda respublikamiz 132 ta dunyo mamlakatlari ichida 82-oʻringa koʻtarilgan.

Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket