
Smart display
Innovatsion taʼlim – rivojlanish asosi!
Oxirgi yillar virtual olamga sayohat qilish koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotmoqda. Albatta, koʻz oʻngingizda bunday jarayonlarning roʻy berishi insonni butun oʻy-tashvishlarini unutib, oʻz olamiga shoʻngʻitadi. Natijada koʻrgan tasvirlaringiz uzoq vaqt xotirangizda saqlanishi tabiiy. Endi tasavvur qiling, taʼlim jarayonidan oʻrin olgan fanlar ham “jonlansa”! Aynan “Alli displey” loyihasi orqali ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishga qiynaladigan fanlarni tez va oson o‘rganishiga yordam berish asosiy maqsad sifatida belgilangan. Jumladan, loyiha doirasida fizika, matematika, geografiya va tarix kabi fanlarga moʻljallangan darslarni interaktiv usulda ta’lim berish uchun platforma yaratildi.