Fan va innovatsiyalar xalqaro ilmiy forumi o'tkazildi

Fan va innovatsiyalar xalqaro ilmiy forumi o'tkazildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan «InnoWeek.Uz-2022» innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida 20-oktabr kuni «Fan va innovatsiyalar xalqaro ilmiy forumi» o'tkazildi. Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. Forumda Shveytsariyaning O'zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Aleksandr Sherer, Saudiya Arabistoni Qirol Abdulloh nomidagi fan va texnologiya universiteti Prezidenti, professor Chan Toni Fan Cheong, Belorussiya Milliy Fanlar akademiyasi matematika, informatika va fizika bo'limi akademik kotibi, i.f.d. Shumilin Aleksandr Gennadevich, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti rektori Mirqosimov Bahrom Ravshanovich, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo'ja ishtirok etdilar.

Vazir o'z nutqida, hozirgi kunda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlariga ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini va nou-xau ishlanmalarni keng joriy etish, ilmiy muassasalar va real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o'rtasida yaqin hamkorlikni o'rnatish mamlakatni jadal innovatsion rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi, deb ta'kidladi. Shuningdek, ilm-fan, tadqiqot va ishlanmalar bo'yicha mamlakatning innovatsion rivojlanishi yo'lida amalga oshirilayotgan amaliy jarayonlar va innovatsiyalarni rag'batlantirish bo'yicha muhokamalar olib borish, hamkorlik ishlarini mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi.

So'nggi yillar davomida amalga oshirilgan islohotlar natijasida respublikada iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, shu jumladan qishloq xo'jaligi, energetika, qurilish, ta'lim, sog'liqni saqlashda innovatsion va texnologik rivojlanishni ta'minlash va rag'batlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, respublikamiz 80 tadan ortiq indikator bo'yicha baholanadigan Global innovatsion indeksi reytingida 2015-yilga nisbatan 40 ta pog'onaga, o'tgan yilga nisbatan 4 ta pog'onaga ko'tarilib, 2022-yilda 82-o'rinni egalladi.

Forum davomida ilm-fan, tadqiqot va ishlanmalar bo'yicha mamlakatning innovatsion rivojlanish yo'lida amalga oshirilayotgan amaliy jarayonlar va innovatsiyalarni rag'batlantirish masalalari muhokama qilindi. Forum doirasida global iqlim o'zgarishi, raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlangan mamlakatlar tajribasini qo'llagan holda innovatsion faoliyatni tashkil qilish bo'yicha fikr almashildi.

Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

SunMonTueWedThuFriSat
123456789101112131415161718192021222324252627282930123456789101112
SunMonTueWedThuFriSat
123456789101112131415161718192021222324252627282930123456789101112