«Innovatsion g'oyalar etakchisi» ko'krak nishoni g'oliblari taqdirlandi
20-oktabr kuni “InnoWeek.Uz-2022» Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida «Innovatsion g'oyalar etakchisi» ko'krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
G'oliblarga mukofotlarni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov topshirdi va «Innovatsion g'oyalar etakchisi» ko'krak nishoniga loyiq topilgan yoshlarni ushbu mukofot bilan qutlab, kelgusi ishlarimga zafarlar tiladi.
Joriy yilgi tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan hujjatlar onlayn tartibda qabul qilindi. Tanlovga jami 419 nafar ishtirokchidan hujjatlar kelib tushdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari hamda «Milliy Texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS» tomonidan «Innovatsion g'oyalar etakchisi» ko'krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan 45 nafar nomzodning loyihalari va hujjatlari respublika komissiyasi a'zolari tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqildi hamda baholandi.
Tadbir natijalariga ko'ra, g'oliblarning innovatsion ishlanmalarini tegishli sohalarga joriy etish hamda ishtirokchilar orqali respublikamiz yoshlarining innovatsiyalarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish ko'zda tutilgan.
«Innovatsion g'oyalar etakchisi» ko'krak nishonining 2022-yilgi g'oliblari:
? Qoraqalpog'iston Respublikasi - Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich.
? Andijon viloyati - Baymirzaev Akbarjon Rustamjan o'g'li.
? Buxoro viloyati - Muxammedova Madinabonu Olim qizi.
? Jizzax viloyati - Sadikov Farxod Samandarovich.
? Navoiy viloyati - Axmatov Abdumalik Abduvaxob o'g'li.
? Namangan viloyati - Turdialiev Ulug'bek Valijon o'g'li.
? Qashqadaryo viloyati - Ismailov Ibrat Ilxomovich.
? Samarqand viloyati - Olimjonova Saodat G'ulomjon qizi.
? Sirdaryo viloyati - Kasimov Shodibek Islamovich.
? Surxondaryo viloyati - Xolnazarov Baxodir Azamovich.
? Toshkent viloyati - Nutfullaev G'afur Subxonovich.
? Farg'ona viloyati - Uzbekov Mirsoli Odiljanovich.
? Xorazm viloyati - Xamraev Nurbek Ulug'bekovich.
? Toshkent shahri - Musaxonov Zayniddinxon Muxtorxonovich.
?MISiS - Temerbekova Barnoxon Maratovna.