Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashining faoliyat yo'nalishlari belgilandi

Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashining faoliyat yo'nalishlari belgilandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi yig'ilishining ikkinchi kunida «InnoWeek-2022» doirasida Kengashning 2022–2024-yillarga mo'ljallangan ish dasturi loyihasi ko'rib chiqildi.

Kengashning bir qator a'zolari ma'ruzalari bilan chiqib, taklif-mulohazalarini bildirishdi. Natijada Kengash tomonidan asosiy faoliyat yo'nalishlari belgilab olindi va ma'qullandi. Mazkur yo'nalishlar bo'yicha 8 ta ishchi guruhi tasdiqlandi. Aniq loyihalarning dastlabki ro'yxati tuzilib, «Yo'l xaritalari» ishlab chiqish va keyingi yig'ilishda tasdiqlash to'g'risida qaror qabul qilindi.

Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashi raisi Bobur Rahimov shunday ta'kidlaydi: «Sun'iy intellekt bo'yicha Kengashning ikki kunlik faoliyati natijasida xalqaro tendentsiyalar, ekspert hisobotlari hamda Kengashning 2022–2024-yillarga mo'ljallangan rejasi va loyihalarini qizg'in muhokama qilish asosida biz shunday xulosaga keldikki, sun'iy intellekt texnologiyalarini sinovdan o'tkazish va joriy etishning aniq natijalari davlat boshqaruvi va bank xizmatlari, huquq, tibbiyot va, albatta, sanoat va xavfsizlik, turizm va madaniyat sohalarida yaqqol namoyon bo'lishi  bilan bir qatorda, ijodkorlik bilan bog'liq  sohalarni ham rivojlantirishga hissa qo'shishi kerak.  Ijodkorlik hamda raqamli texnologiyalar birlashishi, ular kesishgan nuqta  innovatsion echimlar uchun ulkan maydon bo'dib xizmat qiladi. Bu kelgusi yillarda mamlakatimizda  sanoat rivojiga va ijodkorlik  iqtisodiyoti shakllanishiga katta hissa qo'shadi».

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashining quyidagi faoliyat yo'nalishlari tasdiqlandi:

• sun'iy intellektni joriy etish bilan bog'liq axloqiy va ijtimoiy masalalar;

• sun'iy intellekt sohasida innovatsion va ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirishga hissa qo'shish;

• o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari va o'quvchilari uchun ta'lim dasturlari, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida barcha darajadagi rahbar va mutaxassislar malakasini oshirish hamda kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil qilish va amalga oshirishga ko'maklashish;

• nashriyot dasturi va ilmiy-ommabop ta'lim kanallarini shakllantirish;

• sun'iy intellekt texnologiyalarini ommalashtirish va jamoatchilik bilan muloqotni ta'minlash bo'yicha tadbirlarni tashkil etish hamda o'tkazish;

• O'zbekiston Respublikasida SI mavzusi bo'yicha turli dastur va tashabbuslarda ishtirok etish, me'yoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlashga ko'maklashish;

• sun'iy intellektdan foydalangan holda, tizimlar va xizmatlarning ishlashi uchun asos sifatida O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha sohalarida yuqori sifatli ma'lumotlar yaratish, to'plash va ochiqligini ta'minlashga ko'maklashish;

• xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

• turizm va madaniyat sohasi uchun Kengashning maxsus loyihalarini amalga oshirish;

• Oxford Insights va Xalqaro tadqiqot markazi tomonidan tuzilgan Hukumatning sun'iy intellektga tayyorlik indeksining (Government AI Readiness Index) O'zbekistondagi darajasini yaxshilashga hissa qo'shish;

• O'zbekistonda sun'iy intellektni rivojlantirish bo'yicha «Yo'l xaritalari» va byudjet loyihalari ekspertizasi hamda tahlilini o'tkazish.

Kengash tarkibiga 50 kishi, jumladan, 7 nafar xalqaro ekspert (Hindiston, eron, Xitoy, BAA, Rossiya, Janubiy Koreya), O'zbekiston sun'iy intellekt al`yansi, shuningdek, sun'iy intellekt bo'yicha istiqbolli startaplar, jamoat arboblari va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilgan.

Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket