«Robotics challange-2022» tadbiri rasman start oldi

«Robotics challange-2022» tadbiri rasman start oldi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi INNO texnoparkda “InnoWeek.Uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida «Robotics challange-2022» tadbiri rasman start oldi.

Tadbirning ochilish marosimida Saudiya Arabistonining KAUST universiteti Prezidenti Tonni Chan ishtirok etdi.

“InnoWeek” doirasida har yili anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan «Robotics challange» tanlovida bu yil 150 nafarga yaqin yoshlar — 2 xil yosh toifasida, 3 xil yo‘nalish bo‘yicha bellashadilar.

Musobaqa 3 kun davom etadi va 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib deb topilgan yoshlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket