News

«Innoweek-2022» haftaligida Еron kompaniyalari faol ishtirok etdi
2022-yilning 17-21-oktabr kunlari bo'lib o'tayotgan «Innoweek-2022» xalqaro innovatsion ko'rgazmalar haftaligi doirasida eron Islom Respublikasining qishloq xo'jaligi, transport, logistika, sanoat uchun asbob uskunalar, nanoo'g'itlar ishlab chiqarish, energetika, iqtisodiy-moliyaviy konsalting, kimyo sanoati va informatsion texnologiyalar yo'nalishlarida faoliyat olib boruvchi “Khazra”, “Bonza” “Padvish” “Arya Shimi Rasa Co”, “Farafan Kasra”, “Deznovin”, “Aka Control”, “Raja Information Technology Co” kabi 30 ga yaqin kompaniyalar o'zlarining 300 dan ortiq innovatsion mahsulotlari va texnologik echimlari bilan ishtirok etishmoqda. Jumladan: Nanoo'g'itlar ishlab chiqaruvchi Khazra kompaniyasi uyushtirgan ko'rgazmada ular tomondan ishlab chiqarilgan o'g'itlar namoyish etilmoqda. Ushbu nanoo'g'itlar o'simliklarning fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xelatlash texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi. Ushbu texnologiya AQShning Patent va tovar belgilari idorasi (USPTO) tomonidan patentlangan. Xazra kompaniyasining barcha mahsulotlari eron Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan va bugungi kunda yuqori texnologiyali mahsulot sifatida dunyoning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.eronning “Raja Information Technology Co” kompaniyasi axborot texnologiyalari, dasturiy ta'minotlar va komp`yuter texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya bo'lib ushbu kompaniya ham ko'rgazmada o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Ko'rgazmada ishtirok etish bilan birga ushbu kompaniya V2V uc