News

Speaker

Suv yo'q joylarda ham o'simlik o'stirish mumkin

«InnoWeek.Uz-2022» xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan ko'rgazmada ko'plab innovatsion mahsulotlar o'rin olgan. Shulardan suvsiz  o'simlikni o'stirish usuli ko'pchilikning e'tiborini tortdi.– Orolbo'yining sho'rlangan hududida yashil qoplam hosil qilish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti olimlari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda, – deydi institut talabasi Ma'murjon Jumanazarov."Orol dengizining sho'rlangan tuprog'ida o'simliklar o'stirish paytida biologik modda bilan tuproq aralashmasidan yangi mikroflora hosil qilish orqali tuproq unumdorligini oshirish mumkin. Xuddi  suvni o'rnini bosuvchi gidrogel`  kabi. Mana shu biologik faol modda yordamida cho'lda ham o'simliklar o'stirish imkoni bor.Ko'rgazmaga Orol bo'yidan olingan tuproqda o'stirilgan o'simliklarni namuna sifatida olib kelganmiz. Aynan o'sha erda qurg'oqchilikka chidamli bir nechta o'simliklar ekilib, tajriba o'tkazildi. Ba'zilarida unumdorlik yo'q. Hattoki, urug' ekilsa ham o'smaydi. Lekin biz kashf etgan biologik preparat, birinchidan, tuproq sho'rlanishini kamaytiradi, ikkinchidan, urug' eksak, suv kerak bo'lmaydi, o'simlikning o'zi o'saveradi.Gidrogel` bilan biologik faol moddaning farqi bor. Gidrogel` suvni o'ziga shimib oladi. Lekin suv yo'q joyda u o'z vazifasini bajarishga qiynaladi. Shuni hisobga olgan holda, Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor olimlari, talaba-yoshlari suv o'rnini bosuvchi mikrobiologik moddalar tashkil topgan biologik preparat ishlab chiqishdi.

Recent News

Speaker

APCTT 19TH SESSION OF GOVERNIN

Speaker

Cooperation between Uzbekistan

Speaker

The winners of the "Invention

Speaker

Turkiy davlatlar tashkiloti: I

Speaker

Organized networking "Startup

Close
Fill in the fields below to register in the system
I am
participant

Are you registered? Please check your ticket

Are you registered? Please check your ticket