News

Speaker

Fan va innovatsiyalar xalqaro ilmiy forumi o'tkazildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan «InnoWeek.Uz-2022» innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida 20-oktabr kuni «Fan va innovatsiyalar xalqaro ilmiy forumi» o'tkazildi. Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. Forumda Shveytsariyaning O'zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Aleksandr Sherer, Saudiya Arabistoni Qirol Abdulloh nomidagi fan va texnologiya universiteti Prezidenti, professor Chan Toni Fan Cheong, Belorussiya Milliy Fanlar akademiyasi matematika, informatika va fizika bo'limi akademik kotibi, i.f.d. Shumilin Aleksandr Gennadevich, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti rektori Mirqosimov Bahrom Ravshanovich, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo'ja ishtirok etdilar.Vazir o'z nutqida, hozirgi kunda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlariga ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini va nou-xau ishlanmalarni keng joriy etish, ilmiy muassasalar va real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o'rtasida yaqin hamkorlikni o'rnatish mamlakatni jadal innovatsion rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi, deb ta'kidladi. Shuningdek, ilm-fan, tadqiqot va ishlanmalar bo'yicha mamlakatning innovatsion rivojlanishi yo'lida amalga oshirilayotgan amaliy jarayonlar va innovatsiyalarni rag'batlantirish bo'yicha muhokamalar olib borish, hamkorlik ishlarini mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi.

Recent News

Speaker

APCTT 19TH SESSION OF GOVERNIN

Speaker

Cooperation between Uzbekistan

Speaker

The winners of the "Invention

Speaker

Turkiy davlatlar tashkiloti: I

Speaker

Organized networking "Startup

Close
Fill in the fields below to register in the system
I am
participant

Are you registered? Please check your ticket

Are you registered? Please check your ticket