Oqava suvni qayta ishlash

  • CENTRAL ASIAN MEDIKAL UNIVERSITY
  • ijtimoiy texnologiyalar(atrof-muhit, sport va ta'lim yo'nalishlar)
  • Startap loyihalar

Binolarda ichimlik suvini 60-70 % gacha tejab qolish imkoniyati.

Telegramdagi va youtubedagi umumiy ma'lumotlar uchun link:

 

https://t.me/camu_tech_startap1

 

https://www.youtube.com/@camu_tech

 

CAMU_TECH jamoasi tomonidan taklif etilayotgan bu startap loyiha hozirgi kundagi aktual muammolarni hal qilishda iqtisodiy, ijtimoiy va tibbiy jihatdan katta foyda keltiradi. Quyida bu muammolar va ularning yechimlari bilan tanishib chiqamiz va loyihaning qisqacha mazmunini tasvirlaymiz.

 

 

Ichimlik suvi isrof bo’lish.

 

Suv inson hayoti va tabiatga zarur bo‘lgan eng oliy ne’matlardan biridir.

 

Ma’lumki, O‘zbekiston hududida ayni bahor oylarida yog‘ingarchiliklar juda ham ko‘payadi (aprel oyi 2022 yilda hisobiga ko‘ra Toshkentda bir oyda 9 mm (me’yoridan 14%) yog‘ingarchilik kuzatildi). Biz kuzatishlarimiz asosida bu tabiat inomlaridan oqilona foydalana olmayotganimizni tan oldik va o‘z loyihamiz orqali bu tabiat inomlaridan oqilona foydalanish hamda bu suvlarni texnik suvlar sifatida ishlatish orqali ichimlik suvini tejashni rejalashtirmoqdamiz.

 

Biz yomg‘ir suvlaridan oqilona foydalanish orqali binolardagi kanalizatsiya tizimini tubdan o‘zgartirib, har bir bino o‘z-o‘ziga xizmat prinsipini qo‘llashni niyat qilganmiz. Ya’ni, yomg‘ir suvlarini texnik suvlar sifatida ishlatish orqali binolardagi faqat hojatxona uchun ishlatiladigan suv miqdorini kamaytirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, bu tizimni faqat birgina bino uchun qo‘llab, ortiqcha xarajatlarni oldini olish hamda tabiiy ichimlik suvini 70% gacha tejashni rejalashtirmoqdamiz.

 

Biz bu tizimimiz orqali yog‘ingarchilik mavsumidagi yomg‘ir suvlaridan oqilona foydalanib, bu suvlarni hojatxona uchun qayta-qayta ishlatish orqali suv sarfini tejash hamda ichimlik suvlaridan oqilona foydalanishni rejalashtirmoqdamiz.

 

Telegram youtube tarmoqlaridagi video va to'liq ma'lumotlar uchun linklar:

 

https://t.me/camu_tech_startap1/18

https://t.me/camu_tech_startap1/12

https://www.youtube.com/watch?v=xWhJ_BMOyiw 

CENTRAL ASIAN MEDIKAL UNIVERSITY

CENTRAL ASIAN MEDIKAL UNIVERSITY

Marifat 8a
  • umaraliyevsherzodbek2000@gmail.com
  • 97 624 04 10
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket