Gidrogeologik sharoitlarni kuzatish uchun monitoring tizimi
Tizim xizmatlar sohasini kengaytirish uchun ishlab chiqilgan bo'lib, yer maydonlarini geofizik ma'lumotlarini shakllantirish, g'ovaklikka ega qatlamlarni aniqlash va matematik modellashtirish orqali suv qidirishga asoslangan. Ichimlik suvlarini qidirish elektr qarshilik tomografiyaga asoslangan bo'lib yerning gidrogeologik parametrlarini aniqlashga imkon beradi. Bu yerning qumli, shag'al va boshqalar, shuningdek, suv qatlamlari haqida barcha ma'lumotlarni 3D ko'rinishda ko'rishga imkon beradi. Ichimlik suvlari quduqlarini izlash, aniqlash va burg'ulash uchun barcha kerakli ma'lumotlarni shakllantirishga imkon yaratiladi. Bu orqali ish unumdorligi, xizmatlarni minimallashtirish sarf harajatlarni kamaytirishga yordam beradi.
"MICONTOM" MCHJ
Namangan viloyati, Namangan sh., Davlatobod tumani, Navbaxor MFY, 1-kichik tuman ko`chasi, 60-uy 62-xonadon