Blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda sunʼiy intellektga asoslangan onlayn taʼlim uchun platforma
- Hozirgi kunda mustaqil yoki masofaviy tarzda taʼlim olishni hohlovchi talabgorlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ularning yosh, kasb, jins tarkibida oʼzgarishlar yuz bermoqda. Foydalanuvchilar oʼz boʼsh vaqtlaridan kelib chiqib, taʼlim olish uchun erkin grafik tanlashni xoxlashadi. Ushbu tizim foydalanuvchilar uchun sifatli onlayn taʼlim olish va taʼlim olish vaqtini erkin tanlash imkoniyati yaratib beradi. Hozirgi kunda Blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda sunʼiy intellektga asoslangan onlayn taʼlim uchun platforma Oʼzbekistonda mavjud emas. Bozor uchun yangi xizmat turi hisoblanadi Platformani sunʼiy intellekt boshqaradi. Sunʼiy intellekt oʼquvchining tayyorgarlik darajasi va axborotni idrok etishning individual xususiyatlaridan kelib chiqib, unga mos dastur tanlaydi. Mavzular yuzasidan testlar tuzib, bilim darajasini tekshirib boradi. Oʼquvchining testdagi xatolaridan kelib chiqib, aynan oʼsha xato qilgan mavzusini yana qayta oʼzlashtirishini taʼminlaydi va testni xatosiz bajarsagina keyingi mavzularga oʼtishga ruxsat beradi.

"ROBOTS AND ME" MCHJ
Buxoro viloyati, Buxoro sh. Alpomish ko`chasi, 6-uy, 42-xona