Aqlli (Smart), dasturlashtirilgan mobil, fotoelektrik avtonom svetoforni yaratish va ishlab chiqarishni tashkil qilish
Farg'ona politexnika instituti olimlari tomonidan "Aqlli svetofor" tizimining tadbiq etilishi haydovchilarning sayohat vaqtini deyarli 25 foizga, tirbandlikdagi vaqtni esa 40 foizga qisqartirish mumkinligini hisoblab chiqildi. Natijada, avtoulovchilar tirbandlikda vaqtlarini isrof qilmasdan, foydali narsalarga ko'proq vaqt sarflash imkoniyatiga ega. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, aqlli svetoforlar atmosferaga chiqadigan zararli moddalar miqdorini ham deyarli 21 foizga kamaytirishi mumkin. Avtoulovlarning chorrahalarda asossiz to'xtab qolishi sababli, shaharlarimiz allaqachon tirbandlikni boshdan kechirmoqda. O'rnatilgan svetoforlar transport oqimlari bilan sinxronlashtirilmagan joylarda qo'llaniladi.
"OLTIARIQ INNOVATSIYA" MCHJ
Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Yangiyo'l tumanining qishloq fuqarolar yig'inlari. Do‘stlik ko'chasi, 53-uy