Kuzatuv quduqlarida yer osti suvlari parametrlarini avtomatlashgan o‘lchov tizimini ishlab chiqish

  • “GIDROINGEO INSTITUTI” DM
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

yer osti suvlarini tadqiq qilish samaradorligini oshirishda avtomatlashtirilgan monitoring usuli, algoritmi va amaliy dasturlar majmuasini takomillashtirishdan iborat.

 

Loyiha vazifasi:

- kuzatuv quduqlarida yer osti suvlari parametrlarini o‘lchashning hozirgi tizimlari va usullarini tahlil qilinadi;

- gidrogeologik ma’lumotlarni to‘plash uchun avtomatlashgan o‘lchov tizimini takomillashtirilib, tadqiq qilinadi;

- avtomatlashgan o‘lchov tizimining modeli, algoritmi va qurilma-dasturiy majmuasini takomillashtiriladi;

- yer osti suvlari parametrlarini yuqori aniqlikda o‘lchashning yangi usulini ishlab chiqiladi;

- turli gidrogeologik sharoitlarga ega yirik xalq xo‘jaligi obyektlari hududlarida yer osti suvlarining avtomatlashgan o‘lchov tizimlarini joriy qilinadi.

 

Ilmiy yangiligi: - signallarni o‘lchash va raqamli ishlov berish asosida yer osti suvlarining avtomatlashgan monitoringi hamda axborot ta’minotini yaratishning kontseptual modeli ishlab chiqilishi;

- yer osti suvli qatlam ma’lumotlarini o‘lchash, yig‘ish va uzatishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda axborot-texnik ta’minotining infratuzilmasi ishlab chiqilishi;

- monitoring kuzatuv quduqlarida avtomatlashgan o‘lchov tizimlari asosida tashqi ta’sir signallarni yer osti suvlari parametrlariga o‘zgartirishning dastlabki raqamli ishlov berish algoritmlari yaratilishi;

- yer osti suvlari parametrlarini qayd qilish, yig‘ish va uzatish kompyuterli boshqarish qurilma – dasturiy modullarining o‘zaro hamkorlikda ishlash algoritmi va ko‘p kanalli signal o‘lchagichning funktsional sxemasi ishlab chiqilishi.

“GIDROINGEO INSTITUTI” DM

“GIDROINGEO INSTITUTI” DM

Toshkent, Olimlar ko‘chasi 64, 100164
  • gidroingeo_uz@mail.ru
  • +998909733347
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket