“In-vitro” laboratoriyasini tashkil qilish va golubika, mevali daraxt va uy o‘simliklarni ko‘paytirish

  • "GROW PROSPER DV" MCHJ
  • boshqalar
  • Startap loyihalar

Loyiha doirasida O'zbekistonda golubika, mevali, dekorativ va uy o'simliklarni ko'paytirish bo'yicha in-vitro laboratoriyasini tashkil etish hamda mahalliy bozorga gilos, yong'oq, payvand tagi, magnoliya va ko'plab manzarali o'simliklarning istiqbolli navlari taklif etiladi.

In-vitro bu — sunʼiy sharoitlarda probirkada, shisha idishlarda o’simliklarni o’stirishni nazarda tutadi. Yaʼni, steril sharoitda, laboratoriya xonalarida o‘simliklarni shisha idishlarda ko‘paytiriladi.

In-vitro laboratoriyasida o‘simliklardan ajratilgan to‘qimalarni steril sharoitda, sunʼiy ozuqa muhitlarda  kulturalash (o‘suv nuqtalari, yon kurtaklaridan laboratoriya sharoitida sterillab, maʼlum bir vaqtga sunʼiy ozuqa muhitlariga kiritish) orqali biotexnologiyada qimmatli  genotiplarni  saqlash, ko‘paytirish, ularning  embriogenezini  amalga  oshirish  va  ekish  materiallarini sog‘lomlashtirish  amalga oshiriladi.

  • In-vitro laboratoriyasida o‘simlik yetishtirishning ustunligi.
  • Ushbu laboratoriyada o‘simlik yetishtirish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
  • 1. Genetik jihatdan bir xil o‘simliklarni ekiladi va ko‘paytiriladi;

2. Klonli mikroko‘paytirish orqali bitta o‘simlikni bir necha ming donagacha ko‘paytiriladi;

3. O‘simlikni yuvenil (urug‘dan chiqqan maysadan yoki vegetativ kurtakdan) davridan reproduktiv davriga o‘tishini tezlashtiriladi;

4. Seleksion jarayonni tezlashtirish uchun yaʼni o‘simlik navlarini yangilashda va katta miqdorda ko’paytirish ishlarini amalga oshiriladi;

5. Laboratoriya sharoitida bo‘lgani uchun mavsum tanlamasdan, istalgan faslda o‘simliklarni ko‘paytirish mumkin;

6. Ko‘paytirish koefitsenti judayam yuqori. O‘tchil o‘simliklarda 104-105; ninabargli o‘simliklar uchun -104 gacha ko‘paytirish imkoni bor.

7. O‘stirish jarayonini avtomatlashtirish va o‘simliklar o‘sishi uchun zarur bo‘lgan maydonlarni qisqartirish imkoniyatlari va h.k.

  •  

"GROW PROSPER DV" MCHJ

"GROW PROSPER DV" MCHJ

Toshkent shahri, Olmazor tumani Talabalar ko'chasi 3A-uy
  • grow_prosper@innoweek.uz
  • +99897 731 47 01
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket