INNO-O‘G‘IT

  • BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYASI INSTITUTI
  • to'qmachilik va yengil sanoat
  • Tijoratlashtirish loyihalar

O‘zbekistonda haligacha g‘umbakdan yog’ olish bo‘yicha aniq bir texnologiya ishlab chiqilmaganligi, hozirgacha ishlab chiqarishda qimmatli hisoblangan g`umbakni hayvonlar uchun arzon ozuqa sifatida foydalanilmoqda. 2023 yilda respublikamiz bo‘yicha jami 25,9 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan. Buxoro viloyati misolida o‘rganadigan bo‘lsak  yiliga 2716  tonnadan ortiq pilla qayta ishlanadi. Ipak qurti pillasining  48 % ni g‘umbak, qolgan qismini ipak tolasi tashkil etib, bir yilda ishlab chiqarish korxonalarida ajralib chiqadigan g‘umbakning umumiy miqdori 1 303 tonnaga yetadi. Viloyatda g‘umbakni sotishdan olinadigan mablag‘ miqdori (1 kg uchun 3 ming so‘m) 3 mlrd so‘mdan ortiq tashkil etadi. Taklif qilinayotgan uslub asosida g‘umbakdan 20-25% yog’ ajratib olinib, viloyatda bir yilda 325 tonna g‘umbak yog’i (1 litr yog’ narxi jahon bozorida 80-200 $ gacha baholanadi ) ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. G‘umbakdan yog’ olingandan so‘ng hosil bo‘ladigan 978 tonna chiqndidan yangi turdagi organo-mineral o‘g‘it ishlab mumkin bo‘ladi. Bu loyiha asosida chiqindisiz, juda samarador mahsulotlar olinadi.

BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYASI INSTITUTI

BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYASI INSTITUTI

O‘zbekiston, Buxoro viloyati, 200100, Buxoro, ko‘chasi Q.MURTAZAEV, 15-uy.
  • sadirov.s@mail.ru
  • +998931361414
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket