Fotoelektrik batareyalarining energetik parametrlarini monitoring va diagnostika tizimini ishlab chiqish” loyihasini ishlab chiqish

  • BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYASI INSTITUTI
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Quyosh energiyasidan samarali foydalanishni ta'minlash uchun fotoelektrik panellarining ishlash parametrlarini doimiy ravishda kuzatib borish zarur. Ushbu ixtironing asosiy maqsadi quyosh elektrostansiyalarining fotoelektrik modullarining ishlash parametrlarini, shuningdek, ularning buzilish, nosozliklarini aniqlash, monitoring va diagnostika qilish tizimini yaratishdir.

Ushbu tizimning joriy etilishi quyosh elektrostansiyalarining umumiy samaradorligini oshirishga yordam beradi va ularning ekspluatatsiya muddatini uzaytiradi. Aniq o'lchovlar va samarali monitoring orqali energiya ishlab chiqarish samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Shu bilan birga, tizimning foydalanish qulayligi va arzonligi uni sanoat va ilmiy sohalarda keng qo'llanishini ta'minlaydi. Tizim yordamida fotoelektrik modullarga xizmat ko`rsatish va texnik xizmat ko`rsatish sifati yaxshilanadi va natijada ishlab chiqarish samaradorligi ortadi, nosozliklar aniqlanadi va tuzatiladi, shuningdek, atrof-muhit sharoitlariga mos ravishda ishlash optimallashtiriladi. Bu holat umumiy energiya ishlab chiqarishni yanada samarali va ishonchli qilish imkonini beradi.

Hozirda qurilmamiz yig`ish holatida. Eksperiment qurilmamiz tayyor har xil ob-havo sharoitlarida sinovdan o`tkazilmoqda. Qurilmaning dasturiy taminoti chun 2ta DGU guvohnomasi rasiylashtirilgan. Patent uchun ariza topshirilgan.

Tizim ishlab chiqarishga tayyor bo`lishi uchun: Eksperiment natijalar orqali algoritm, malumotlar bazasi va dasturiy taminot tayyorlanadi. Qurilma yig`ilib quyosh panellarida sinovlardan o`tkazilinadi va mini fotoelektr stansiyada sinab ko`riladi.

BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYASI INSTITUTI

BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYASI INSTITUTI

O‘zbekiston, Buxoro viloyati, 200100, Buxoro, ko‘chasi Q.MURTAZAEV, 15-uy.
  • sadirov.s@mail.ru
  • +998931361414
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket