Sut bezi saraton kasalliklarini erta aniqlashda xatoliklarni minimallashtirishga asoslangan tashxislash algoritmi

  • DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
  • boshqalar
  • Ilmiy loyihalar

Sut bezi saraton kasalliklarini erta bosqichlarida aniqlash orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish. Erta va aniq tashxis orqali davolash xarajatlarini qisqartirish va resurslarni  tejash. Shifokorlarga tashxis qo‘yishda yordam berish, ularning ish yuklamasini kamaytirish va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish. Sut bezi saratonini  erta tashxislash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni yechishda obyektlar muhimligining axborot o‘lchovini aniqlash algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqish.

 

Vazifasi: Sut bezi saratoni bemorlarining kasallik varaqalari asosida belgilar fazosi va tanlamalarni shakllantirish, maʼlumotlarga dastlabki ishlov berish, obyekt-belgilar muhimligini baholashning axborot o‘lchov mezonlari va algoritmlari tahlil qilish;

 

Ø  Sut bezi saratoni o‘quv tanlanma sinflarini shakllantirishda tibbiy timsollar muhimligining axborot o‘lchovini aniqlash algoritmini ishlab chiqish;

 

Ø  Maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish usul va algoritmlari kombinatsiyasi asnosida Sut bezi saratoni obyektlarini aniqlash va parametrlarini aniqlash algoritmini ishlab chiqish;

 

Ø  Sut bezi saratoni obyektlarining muhimligini aniqlashga yordam beradigan belgilar majmualarini tanlash algoritmini ishlab chiqish;

 

Ø  Ishlab chiqilgan algoritmlar kesimida tibbiyotning amaliy masalalarini yechishga ko‘mak beruvchi dasturiy majmuani ishlab chiqish.

 

Ilmiy yangiligi:  Sut bezi saratoni bemorlari kasalliklarini erta tashxislashda obyekt va belgilar muhimligini axborot o‘lchovini aniqlash. Kasalik mezonlari hamda algoritmlari tahlil qilingan;

 

Ø  Sut bezi saratoni o‘quv tanlanma sinflarini shakllantirishda tibbiy timsollar muhimligining axborot o‘lchovini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;

 

Ø  maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish usul va algoritmlari kombinatsiyasi kesimida Sut bezi saratoni obyektlarining muhimligini axborot o‘lchovini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;

 

Ø  Sut bezi saratoni obyektlarining muhimligini aniqlashda informativ belgilar majmualarini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan.

 

Sut bezi saratoni kasalliklarini erta aniqlash dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

Surxondaryo viloyati, Denov shahri, Sh.Rashidov koʻchasi 360 uy, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hududi.
  • b.jurayev@dtpi.uz
  • +998998837392
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket