Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar
Mamlakatimizda har bir
hududning tabiiy-iqlim sharoitlari, tuproq tarkibi va boshqa xususiyatlarini hisobga
olib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va ixtisoslashtirish, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnologik tadbirlarni to‘liq
o‘tkazilishini ta’minlash va bu tadbirlarda zamonaviy moddiy-texnika
resurslari, tejamkor va intensiv texnologiyalar joriy etilishi kabi
ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratilgan holda texnologik xaritalar ishlab
chiqilgan.
Texnologik kartalar Qishloq
xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari, OTM hamda ITIlariga bepul tarqatilgan.
Mazkur texnologik kartalardan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan va ushbu sohadagi tadbirlarga qiziqadigan barcha fuqarolar foydalanishlari mumkin.