Yerlarni Lazerniy nivelirda tekislash uskunasini ishlab chiqish

  • URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
  • to'qmachilik va yengil sanoat
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Loyihaning dolzarbligi - shundan iboratki, bugungi kunda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida kuzatilayogan suv tanqisligi, sug‘oriladigan maydonlarda mahsulot yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarini og‘ir ahvolga solib qo‘ymoqda. Natijada, qishloq xo‘jaligida suv resurslarini tejovchi yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj yil sayin ortib bormoqda.

Shu sababli, loyihaning maqsadi - Yerlarni lazer nivelirida tekislash texnikasini mahalliy sharoitda ishlab chiqishga qaratilgan.

Loyihani amalga oshirishda quyidagi vazifalar bajariladi:

•birinchi, lazer jihozli ishchi qurilmalardan iborat qismlarini ishlab chiqish;

•ikkinchi, yerlarni tekislovchi skreper ishchi qurilma qismlarini ishlab chiqish;

•uchinchi, ushbu ishchi qurilmalar jamlanmasini yig‘ish, sozlash va ishga tushirishdan iborat.

Loyihani qo‘llab quvvatlash uchun so‘raladigan mablag‘ - 2 385 644 499 (ikki milliard uch yuz sakson besh million olti yuz qirq to‘rt ming to‘rt yuz to‘qson to‘qqiz)  so‘mni tashkil qilib, asosan hodimlarning oylik maoshlari, texnik uskunalar, butlovchi qismlar va xom ashyo materiallarini sotib olishga sarflanadi. 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Urganch shahri, Hamid Olimjon ko’chasi, 14-uy.
  • z.ibragim@gmail.com
  • +998996229944
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket