Sanoat chiqindilari asosida gidrofob kimyoviy bardosh organomineral kompozit materiallarini ishlab chiqish va xossalarini tadqiqotlash
O‘zbekiston va Turkmanistonda
ishlab chiqarish korxonalari chiqindilarni utilizatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan
gazni qayta ishlash korxonalari va polimer materiallar (poliolefinlar) ishlab
chiqarish korxonalarini chiqindilari asosida, mineral to‘ldiruvchilarni qo‘llab
organomineral materiallarni yangi tarkib va usullarini tadqiqotlash va qo‘llash
uchun texnologiyalarni ishlab chiqish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ushbu loyihaning boshlang‘ich
materiallarining mavjudligi va arzonligi va ularning xilma-xilligi, shu
jumladan sanoat chiqindilari bilan bir qatorda ularni dala sharoitida ishlab
chiqarish texnologiyasining soddaligi, oddiy beton va sement betonlariga
qaraganda konstruktiv va mexanik mustahkamligi, yopishqoqligi, kimyoviy muhitda
yuqori chidamligi, gidrofobligi va boshqa muhim reologik xususiyatlari
oltingugurtli organomineral polimer komrozit materialning afzalligi
hisoblanadi. Yana bir muhim texnik (reologik) xususiyat - bu oltingugurtli
beton materiallarining kimyoviy agressiv suyuqlik muhitida (qutbli yoki
ishqoriy yoki kislota-reaktiv) yuqori barqarorligi bo‘lib, ular ustida loyiha
davomida birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Loyixani muvaffaqiyatli
bajarilishi mobaynida yosh ilmiy tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlari tayyorlanishi,
olingan ilmiy natijalarni nufuzli chet el konferensiyalarda ma’ruza sifatida
keng aprobatsiyadan o‘tkazilib O‘zbekiston respublikasini ilm-fan
rivojlanishini dunyoga tanitishga keng yo‘l ochib beradi.