Mahalliy chiqindi yog'lar asosida Qorako’l terilarini yog’lashtirish

  • BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYASI INSTITUTI
  • boshqalar
  • Ilmiy loyihalar

Loyihaning maqsadi mahalliy ishlatilgan yog’lar asosida qorako’l terilarini yog’lantirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

Loyihaning vazifalari: qorako’l terilarini mavqeini tiklashda ta‘sir ko’rsatadigan omillar, mo’ynabop terilar va ularga ishlov berishning zamonaviy texnologiyasi jumladan yog’lantirish

jarayonini o’tkazishning an‘anaviy va zamonaviy uslublarini tahlil qilish;

        oziq-ovqat sanoati bilan bog’liq bo’lgan, kungaboqar yog’ida baliq qovurish natijasida hosil bo’lgan ishlatilgan yog’ni va undan olingan emulgator barqarorligini aniqlash, ishlatilgan yog’ni oqartirish, ularning asosiy xossalarini aniqlash va toza yog’lar bilan qiyosiy tahlil qilish; 

          ishlatilgan yog’ni qayta ishlash natijsida olingan yog’lovchi moddalar asosida qorako’l yarimmahsulotini yog’lantirish jarayoni uchun yo’g’lovchi kompozitsiya ishlab chiqish va jarayonga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash; ishlatilgan yog’ va uning asosidagi emulgator bilan emulsion yog’lantirilgan qorako’l mo’yna namunalarining xossalariga yog’lovchi moddalarning ta‘sirini o’rganish va taqqoslash;

        kungaboqar yog’ida baliq qovurish natijasida hosil bo’lgan ishlatilgan yog’ va undan olingan emulgator asosidagi ishlab chiqilgan yog’lovchi kompozitsiyani qo’llashning iqtisodiy samaradorligini an‘anaviy yog’lantirish texnologiyasiga nisbatan baholash.

Loyihaning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

      baliq qovurish natijasida hosil bo’lgan ishlatilgan yog’ tarkibidagi yog’ kislotalari soni xromatografiya usuli orqali tahlil qilinib, to’yinmagan yogʻ kislotalari miqdori 6 baravar ko‗pligi hisobidan reaksion qobiliyati yuqoriligi aniqlangan;

      yangi yogʻlovchi modda va emulgatorning spektroskopik tahlili asosida S-O sulfoksid va sulfo guruhlar saqlashi tadqiq etilgan, bu esa yogʻlovchi kompozitsiyaning termik baraqorlik xususiyati mavjudligini isbotlagan;

     tadqiq etilayotgan yog‗lovchi emulsiyalarning qorako’l teri to’qimasi va soch tolalariga tekis taqsimlanish darajasi binokulyar va elektron mikroskopik tahlillar asosida ko'rsatilgan;

    yog’lantirish jarayonidan keyin oqava suvlarning ifloslanish darajasi va tabiatiga yog'lovchi materiallarining kimyoviy xususiyatlarining ta‘siri tahlil qilinib, yog’lantirish jarayoni hisobiga ekologik holatini yaxshilanishiga erishilgan.

BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYASI INSTITUTI

BUXORO MUHANDISLIK - TEXNOLOGIYASI INSTITUTI

O‘zbekiston, Buxoro viloyati, 200100, Buxoro, ko‘chasi Q.MURTAZAEV, 15-uy.
  • sadirov.s@mail.ru
  • +998931361414
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket