Haroratni moʻtadillashtiruvchi faol nanokompozitsion qo‘shimchali plyonka, quyosh konsentratori va gidrogellar yordamida tabiiy noqulay maydonlarda yoqilg‘i va suv sarfisiz ishlaydigan issiqxona.
Haroratni moʻtadillashtiruvchi faol nanokompozitsion qo‘shimchali plyonka, quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni qizil va infraqizil to'lqindagi nurlarni aylantiradi. Infraqizil nurlar tuproqqa 1 metrgacha chuqurlikkacha kirib uni qizdiradi. Tuproqdan qaytgan infraqizil to'lqindagi energiyani esa plyonka tashqariga chiqarmaydi. Bu nurlarning energiyasi 17-22 darajaga teng, shuningdek, ultrabinafsha nurlarning bir fotonidan 20-30 gacha infraqizil fotonlar hosil bo'ladi. Buning hisobiga tashqi harorat -3, -7 daraja sovuq bo'lganda ham qo'shimcha qizdirishsiz ichki harorat +5, +7 darajagacha ta'minlanadi (an'anaviy plyonkalarda 0, +2 daraja). Qizil nurlarni miqdori oshganligi sababli, o'simliklar 1,5 - 2 barobar tez rivojlanadi. Tashqi harorat 30 dan yuqorilaganda ham, ultrabinafsha fotonlar 17-22 darajali infraqizil fotonlarga aylanadi, ya'ni kompozit haroratni barqarorlashtirishni ta'minlaydi. Issiqxonalarda nanofaol qo'shimchali plyonkalar bilan birga quyosh konsentratorlaridan foydalanib, ularni umuman energiya tashuvchilardan foydalanmasdan qizdirish, yuqori sho'rlangan va suv taqchil (dasht va cho'l) hududlarida hosil olish imkoni mavjud.