ICT4GIRLS
Loyiha yurtimiz xotin-qizlarining IT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning shu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyotida qo‘shimcha qiymat yaratishni maqsad qilgan bo‘lib, 12-35 yoshdagi qizlar va yosh ayollarni qamrab oladi. Qamrab olinadigan qizlar va yosh ayollarning IT bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari turli darajada ekanligi va, shundan kelib chiqib, ularning ta’lim ehtiyojlari ham turlicha bo‘lishini inobatga olib, loyiha quyidagi 3 yirik dasturdan tashkil topadi: - Qisqa muddatli kurslar; - Malakali mutaxassislar ishtirokida mentorlik dasturi; - IT sohasida professional rivojlanish imkoniyatlari (informativ materiallar, ta’lim va kasb imkoniyatlari, turli tadbirlar). Loyiha qamrovini kengaytirish hamda ishtirokchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida loyiha doirasida taqdim etiluvchi IT-ta’lim xizmatlari ham onlayn, ham oflayn ko‘rinishda bo‘ladi. Onlayn shaklda tashkil etiluvchi tadbirlar uchun maxsus platforma ishlab chiqilgan.