Tomchilatib sug‘orish tizimini avtomatlashtirish.
“APISINNOVATIONGROUP” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ADS - tomchilatib sug‘orish tizimi
O'zbekiston Respublikasida analogi yo'q
yangi innovatsion loyiha hisoblanadi. Innovatsion moslashtirilgan sug‘orish
imkonini beruvchi tizim yer maydonini
sug'orish davomida suv sarfini kamaytiradi
hamda inson omilini qisqartirish orqali
ko‘plab fermerlar xo'jaliklari rahbari uchun
qulaylik yaratadi. ADS tomchilatib sug’orish tizimini yaratish
orqali qishloq xo’jalik sohasiga innovatsion
yechim berishni va loyihadan foydalanuvchi
fermer xo'jaligi rahbarlari uchun Software, Veb, Mobil ilovalarni taklif qilib, sug'orish
va urug'lantirish ishlarini to'liq
avtomatlashtirish orqali sarflanadigan vaqtini
tejash. Loyiha mikro sug‘orish tizimining bir turi
bo‘lib, tuproq yuzasida o‘simliklarning
ildizlariga asta-sekin tomchilab tushishini
taʼminlash orqali suv va ozuqa moddalarini
4
tejash imkoniyatiga ega tizim hisoblandi. Maqsadimiz suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ildiz
zonasiga joylashtirish va bug‘lanishni
minimallashtirish orqali sarf xarajatlarni
kamaytirish. Tomchilatib sug‘orish tizimining maqsadi paxta ekin maydonida sug‘orishning samarali
bo‘lishini taʼminlash, shu bilan birga suv isrofgarligini kamaytirish, suvdan foydalanish samaradorligini
oshirishdir. Tomchilatib sug‘orish tizimi suv va ozuqa moddalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlik ildizlariga
sekin va aniq yetkazib beradi, natijada o‘simliklar sog‘lom va hosildorlik yuqori bo‘ladi. Suv tanqis
bo‘lgan qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda ekinlarni sifatli yetishtirish imkonini beradi.