Termiz tumanida aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish tizimini joriy etish
Loyiha doirasida aholi
xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish ko‘zda tutilgan. Bunda, aholi
xonadonlarida 1,5 sotix yer maydonida Bioflok texnologiyasi orqali sazan
balig‘ini yetishtirish imkoniyati yaratiladi. Bu esa o‘z navbatida aholi uchun
qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratadi. Loyixadan ko‘zlangan maqsad
yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali mahalliy aholi xonadonlarida
baliqchilik salohiyatini oshirib, baliq mahsulotlariga bo‘lgan talabni
qondirib, oziq-ovqat xavfsizligini oldini olinishida munosib xissa qo‘shish.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-83-sonli "Baliqchilik
tarmog‘ini yana-da rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida
Baliqchilik sohasini yana-da rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini
ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan
samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish
hajmlarini ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish