Mahalliy xomashyolar asosida ftalotsianin koʻk boʻyoqlarini ishlab chiqarish
Hozirgi kunda organik
bo‘yoqlar respublikamizga asosan boshqa mamlakatlardan import hisobiga olib
kelinadi. Yurtimizda ushbu bo‘yoqni ishlab chiqarish orqali importini
qisqartirish, to‘qimachilik sanoati uchun zarur bo‘lgan sifatli bo‘yoq hosil
qilish imkoniyatini beradi. Ftalotsion bo‘yoqlar o‘zining yorqinligi, yuqori
intensivligi, turli xil ranglarning shakllanishi orqali o‘zining noyob
xossalarini namoyon qiladi. Ushbu bo‘yoqlar quyosh nuriga ishqalanishga
chidamli suvda va kislotalarga chidamli, chiroyli rang hosil qilib, ko‘k
rangdan to yashil ranggacha xossalarini aniqlangan. ftalotsiyanin tarkibida Cu
Cu, Ni, Co kabi kimyoviy elementlardan tashkil topganligi katta ahamiyatga ega.
Yuqori rang berish kuchiga ega bo‘lgan chiroyli ko‘k rangdagi pigment hisoblanadi.
Uning rangi o‘ziga xos yorqinligi sabablari elektron spektrda intensiv
assimilyatsiya chiziqlari va o‘ziga xos qiymatlarning mavjudligidadir.
ftalotsiyanin barqarorlik va yorug‘likka chidamlili hisoblanadi. Yuqori
haroratda 500° S gacha qizdirishga bardosh beradi, parchalanmaydigan
sublimatsiya hosil qiladi. Suvda va yog‘larda erimaydi faqatgina organik
moddalarda eriydi. Ishqor va kislotalarga chidamli. Ushbu bo‘yoq yordamida
texnik texnologiyalar uchun qimmatli bo‘yoqlar ham olinadi. Ftalotsiyaninni
natriy tuzi paxta, viskoza, ipak tolalarini bo‘shda foydalanilsa yorqin va
suvga chidamli rang hosil qiladi. Bundan tashqari bu bo‘yoqlar sanoat laklar,
emallar, plastmassalar, kauchuklar, ishlab chiqarishda bo‘yovchi sifatida
foydalanish tavsiya etiladi. ftalotsiyanin molekulalari belgilangan metall va
boshqa molekulalar bilan o‘zaro bog‘lanib, har xil tusdagi kompleks birikmalar
hosil qiladi va natijada texnik jihatdan barqaror va sifatli bo‘yoq ishlab
chiqarish imkoniyatini beradi. Ular orasida ftalotsiyanin ko‘k pigmentli metall
kompleks asosiy hisoblanadi. Mamlakatimizda mahaliy xomashyolar asosida
ftalotsiyanin kuk bo‘yog‘ini ishlab chiqarish nafaqat import o‘rnini bosuvchi
qolaversa sanoati iqtisodiyoti uchun yuqori samara beruvchi yo‘nalishlardan
biri hisoblanadi. . Texnik tartibga solishning normativ bazasi va milliy
qurilish normalarini qayta ko‘rib chiqilib, xorijiy normativ-texnik hujjatlarga
moslashtirgan xolda amaliyotda qurilish sohasiga innovatsiyalar joriy etish
asosiy maqsad qilib belgilangan. Ushbu lohiha doirasida 3 xil turdagi bo‘yoq
ishlab chiqariladi yaʼni FTK-040, FTK-050, FTK-070 turdagi bo‘yoq ishlab
chiqariladi. Hozirgi kunda o‘rtacha organik bo‘yoqning tannnarxi 1 kg 24 000
ming so‘mni tashkil qiladi. Shu vaqtga qadar chetda import hisobiga olib
kelinayotgan shu turdagi mahsulotning tannarxi 33 000 so‘mni tashkil etadi.