Innovatsion usulda yetishtirilgan baliq mahsulotlari
Mahsulot tavsifi: Ushbu baliq mahsulotlari Bioflok texnologiyasi yordamida innovatsion usulda yetishtirilgan bo'lib, Oʻzbekiston Respublikasi uchun yangilik hisoblanadi. Bioflok texnologiyasi baliqchilik sohasida samaradorlikni oshirib, chetdan import qilinayotgan baliq mahsulotlarini optimallashtirishga xizmat qiladi. Ushbu usul orqali yetishtirilgan baliqlar yuqori sifatli bo'lib, mahalliy bozorlardagi baliq mahsulotlari narxining arzonlashishiga olib keladi. Mahsulotlarimiz sog'lom va mazali bo'lib, iste'molchilarga yangi ta'm va foydali ozuqaviy qiymatni taqdim etadi.
Xususiyatlari:
- Texnologiya: Bioflok usuli asosida innovatsion yetishtirish
- Sifat: Yuqori sifatli va yangi baliq mahsulotlari
- Ekologik toza: Atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan texnologiya
- Ozuqaviy qiymati: Oqsil va Omega-3 yog' kislotalariga boy
- Qo'llanilishi: Turli taomlar tayyorlashda mos
Afzalliklari:
- Arzon narx: Mahalliy bozorlarda baliq mahsulotlari narxini pasaytiradi
- Samaradorlik: Baliqchilik sohasida yuqori samaradorlikka erishiladi
- Sog'liq uchun foydali: Sog'lom ovqatlanishni qo'llab-quvvatlaydi
- Mahalliy ishlab chiqarish: Import o'rnini bosuvchi, o'zimizda yetishtirilgan mahsulot
Saqlash sharoiti: 0°C dan +4°C gacha bo'lgan haroratda saqlash tavsiya etiladi.
“KAMOLXON” XK
Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, Uchqizil QFY Yangi hayot mahallasi, raqamsiz uy