Avtoturargox tizimini boshqarishning apparat dasturiy vositasi
Loyiha maqsadi: Avtoturargoh jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqarishni,
parkovka joylaridan foydalanish samaradorligini oshirishni va foydalanuvchi
tajribasini yaxshilashni taʼminlaydigan zamonaviy mikrokontrollerlar yordamida
avtoturargoh tizimini boshqarish uchun apparat-dasturiy vositalarni yaratish.
Loyiha vazifalari:
Apparat qismini ishlab chiqish:
Avtoturargoh tizimini ishonchli va energiya tejamkor
boshqarishni taʼminlovchi zamonaviy mikrokontrollerlarni tanlash va
integratsiyalash.
Avtoturargohlarning bandligini
nazorat qilish, avtomobillarning kirish va chiqishlarini nazorat
qilish, shuningdek, to‘siqlar va boshqa infratuzilma elementlarini nazorat
qilish uchun sensor va boshqaruv modullarini ishlab chiqish.
Uzluksiz elektr taʼminotini taʼminlash va qurilmalarni
tashqi taʼsirlardan himoya qilish.
Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish:
Avtoturargoh tizimini boshqarishning asosiy
funksiyalarini amalga oshirishni taʼminlaydigan mikrokontrollerlar uchun proshivka modulini
ishlab chiqish.
Operatorlar uchun boshqaruv va monitoring
interfeysini, jumladan, Veb-ilova yoki mobil ilovani ishlab chiqish.
To‘xtash joylarini taqsimlashni optimallashtirish va
mashinalar vaqtini avtomatik hisoblash uchun algoritmlarni amalga oshirish.
Mavjud shahar transportini boshqarish va to‘xtash
joylari uchun to‘lov tizimlari bilan muvofiqligini taʼminlashni amalga
oshirish.
Videokuzatuv va kirishni boshqarish tizimlari bilan integratsiya
qilish imkoniyatini amalga oshiruvchi dasturiy modullarini yaratish.