“Odam kasalliklariga qarshi kaliforniya chuvalchangidan zardob ishlab chiqarish”
Kaliforniya chuvalchangidan olingan biogumus yer hosildorligini oshiradi va o‘zidan zararli qoldiqlar qoldirmaydi. Chuvalchanglardan olingan zardob esa 10 dan ortiq kasalliklarga daʼvo bo‘lib u moliyaviy jihatdan ancha hamyonbop va juda effektiv hisoblanadi shuning uchun ularni olish yo‘llarini o‘rganib chiqiladi. Kaliforniya chuvalchangini o‘stirish uchun qulay bo‘lgan maydonda maxsus yetishtiriladi, kerakli bo‘lgan jihozlar va maxsus texnikalar xarid qilinadi, bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlanadi, olingan natijalar bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqiladi va qo‘llanmalar joriy etiladi. Chuvalchanglarni o‘stirish uchun maxsus tuproq va go‘ng xarid qilinadi va maxsus muhit yaratiladi. Chuvalchanglar maydonning termik haroratiga va sig‘imiga mos miqdorda xarid qilinadi va ularni muhitga joylab parvarishlanadi, o‘sish va rivojlanishini kuzatiladi. Bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot tayyorlanadi. Chuvalchanglardan olingan gumusni saqlash va yetkazish uchun maxsus konteynerlar xarid qilinadi. Konteynerlarga biogumus solinib fermer xo‘jaliklariga yetkazib beriladi. Kaliforniya chuvalchangidan zardob olish uchun zarur bo‘lgan texnologiya keltiriladi. Chuvalchanglardan zardob olish usullari o‘rganiladi va olinadi. Tayyor bo‘lgan zardobni mahalliy bozorga sotish va eksportga yo‘naltirish, Kaliforniya chuvalchangidan olingan biogumus yerning hosildorligini oshirib, undan olingan zardob ko‘p kasalliklarga davodir. Kaliforniya chuvalchangi biz tomonidan tanlab olinadi hamda Oltinsoy tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi hududida maxsus maydonlarda barpo qilinib, qizil chuvalchanglar yetishtiriladi.