Sianur kislotaning mochevina va tiomochevina almashingan hosilalarining antipiren xossalarini o‘rganish va tatbiq qilish

  • BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Respublikamizda turli sabablarga ko‘ra fuqarolarning uy-joylari va turli korxonalarda yong‘inlarning sodir bo‘lishi yog‘och konstruksiyalar, gazlama matolar, qadoqlash vositalari va boshqa buyumlarning yong‘inlar oqibatida yonib ketish holatlari va bu ashyolarning yong‘inga bardoshliligini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan antipiren vositalarning xorijdan import qilinishi va ularning yetarli miqdorda emasligi bugungi kundagi dolzarb muammo hisoblanadi. Bu muammoni hal etish maqsadida universitetning olimlarining tadqiqotlari natijalariga ko‘ra sianur kislotaning mochevina va tiomochevina almashingan hosilalari sintezi amalga oshirilgan, sintez qilingan hosilalarning antipiren xossalari o‘rganilgan, olingan natijalar asosida qurilish va toʼqimachilik materiallarini yongʼinga bardoshliligini oshiruvchi 6 xil tarkibdagi antipiren vositalar sifatida ishlab chiqarish va amalda foydalanishga tavsiya etilyapti. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston iqtisodiyotida yangi istiqbolli sohaning mahalliylashtirilishi taʼminlanadi. Sianur kislota hosilalarining antipiren xossalarini Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot institutida nazorat sinovlari o‘tkazildi hamda sianur kislota hosilalarining antipiren xossalari laboratoriya sharoitida dastlabki tahlili – oq qog‘oz, karton, yog‘och qipig‘i va bo‘z kabi matolarida olib borildi, natijalar 67 % ijobiy bo‘lishi isbotlandi.

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Buxoro sh. M.Iqbol ko`chasi 11-uy
  • o.o.sayfulloyev@buxdu.uz
  • +998916484455
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket