Azkamar (Shofirkon) gil-tuprog‘i (bentoniti) ni kimyoviy qayta ishlab qurilish va lak-bo‘yoq sanoatida ishlatiladigan tabiiy mineral pigmentlar olish texnologiyasini yaratish

  • BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Bentonitlar asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish va kimyo sanoatida noorganik moddalardan ularning to‘ldiruvchilari sifatida foydalanish muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda qurilish sohasida ishlatilayotgan suvoqbop va pardozlash pigmentlarining aksariyati chetdan import qilinmoqda. Respublika iqtisodi uchun bunday qurilish materiallarini o‘zimizning mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy ilmiy-tadqiqotlar olib borish, ular asosida texnologiyalar yaratish hozirgi paytda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bajarilgan loyiha doirasida 5 turdagi rangli mineral pigmentlar olinib, texnologik sxemasini tuzildi va ishlab chiqarish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Olingan natijalar tahlillariga ko‘ra 5 turdagi rangli kukunsimon  namunalar gips-ganchli qorishmalar, shpaklevka, “IMIX” suvemulsiyali oq rangli bo‘yoq, “MEGA PROF” PF-115 oq rangli universal emal va oq rangli sement bilan aralashtirilib foydalanilganda tegishli ranglardagi qorishmalar hosil qilishi va ranglar barqarorligi aniqlandi. Bu natijalarga asoslanib, sinovdan o‘tkazilgan rangli kukunsimon namunalar qurilish sohasi pardozlash ishlarida tegishli rangdagi bo‘yoq-qorishma va surkov vositalari tarkibida noorganik pigmentlar holida foydalanishga tavsiya etildi. Natijada mahalliy xomashyolardan foydalangan holda tabiiy mineral pigmentlar olish texnologiyasini yaratildi, import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbob mahsulot ishlab chiqildi.

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

Buxoro sh. M.Iqbol ko`chasi 11-uy
  • o.o.sayfulloyev@buxdu.uz
  • +998916484455
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket