Lifeguard transfer 2024

  • NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
  • boshqalar
  • Startap loyihalar

Lifeguard transfer 2024 roboti Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari tomonidan yaratilgan bo‘lib bu institut tarixidagi ilk robot mashina xisonlanadi.

 

Ushbu robotning asosiy yaratilish maqsadi harbiy favqulotda holatlarda jarohat olgan odamlarni evokuatsiya qilish yoki harbiy soha vakillariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamchi qurol yaroq tashuvchi sifatida o‘z missiyasi bajaradi. Jang maydonida og‘irlik jihatidan 180 kgcha bo‘lgan barcha jangovor vositalarni olib ota oladi.

 

Afzalliklari: Lifeguard transfer 2024 robotining qulayliklari ushbu robot to‘g‘ridan to‘g‘ri smartfon orqali 80 metr radiusda boshqariladi yoki yana bir asosiy xususiyatlari shundagi ushbu umumiy og‘irligi 45 kilogramm, uzunligi 110/50 sm bo‘lgan ushbu qurilma GPS orqali boshqariladi. U 80-180 kilogramm vazndagi yukni hech qanday qiyinchiliksiz belgilangan manzilga yetkaza oladi. Rama qismi muhandisligi shunday yasalganki, og‘irlikni barcha qismlarga teng taqsimlanadi.

 

 Robotga “Ordino smd” platasini o‘rnatilgan va bu boshqaruv tizimini to‘liq nazorat qilish imkoniyati ta’minlab beradi.

 

Aytish kerakki, mazkur qurilma to‘liq quvvatni akkumulyatordan oladi. Elektr hamda yuk ko‘tarish quvvatini oshirish maqsadida talabalar robotdagi elektrodvigetellar sonini oshirgan.

 

Robotning dastlabki yutug‘i yaqindagina poytaxtimizda o‘tkazilgan Mudofaa sanoatida innovasion texnologiyalar festivalida Namangan muhandislik-texnologiya instituti jamoasi robototexnika yo‘nalishidagi musobaqada faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga ulgirdi.

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

160115, Namangan shahar, Kosonsoy ko‘chasi 7-uy,
  • rumid123456@gmail.com
  • +998934020033
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket