“AR, KBR (KUBR) uchun yagona brutsellyoz antigeni”

  • Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
  • boshqalar
  • Startap loyihalar

Maqsadi: Mazkur loyihada hayvonlarning xavfli brusellyoz kasalligini erta tashxislash uchun “AR, KBR va KUMBR uchun yagona brusellyoz antigeni” hamda “Sutda xalqa reaksiyasi uchun rangli brusellyoz antigeni” O‘zbekistonda ilk marotaba mahalliy shtammlar asosida sanoat usulida ishlab chiqarilishi maqsad qilib olingan.

Vazifasi: Respublikadagi mavjud chorvachilik fermer xo‘jaliklari, aholi shaxsiy xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan qishloq xo‘jalik hayvonlarini insonlar uchun xavfli brusellyoz kasalligini tashxislash uchun institutning “Mikroorganizmlar kolleksiyasi” depozitariysida ruyxatga olingan va saqlanayotgan maxsus pasportga ega bo‘lgan mahalliy brusella shtammlaridan ikki turdagi brusellyoz antigenlarini ishlab chiqarib, shartnoma asosida sotilishdan iborat edi. Amalda rejadagi 2 tur mahsulot o‘rniga 5 turdagi preparatlar ishlab chiqarilib, realizatsiya qilinmoqda va respublika bo‘yicha insonlar va hayvonlar orasida xavfli brusellyoz kasalligini tezkor aniqlanayapti.

Ilmiy yangiligi: AR va KBR uchun tayyorlangan yagona brusellyoz antigenlarining faolligi brusella anti-abortus milliy agglyutinatsiyalovchi zardobiga muvofiq standartlashtirildi;

nazoratdagi B.abortus 99 shtammidan tayyorlangan antigen bilan mahalliylashtirilgan B.abortus 104M UZ shtammidan tayyorlangan antigenlarning faollik ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lib, ularning B.melitensis Rev-1 UZ, va №9 shtammlaridan tayyorlangan antigenlarga nisbatan yirik donador agglyutinatlar hosil qilishi reaksiya natijalarini hisobga olishda diagnostik xatolarni kamaytirishi aniqlandi;

O‘zbekistonda ilk bor mahalliylashtirilgan B.abortus 104M UZ shtammi va undan AR, KBR va KUBR uchun yagona brusellyoz antigeni ishlab chiqarish usuli yaratildi;

B.abortus 104M UZ shtammi AR, KBR va KUBR uchun yagona brusellyoz antigeni ishlab chiqarish reglamenti (IChR), Tashkilot standarti (Ts) va foydalanish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqildi;

B.abortus 104M UZ shtammidan AR, KBR va KUBR uchun yagona brusellyoz antigeni yaratilgan, davlat ro‘yxatiga (№VP 0663-21, 02.03.2021 y) kiritilgan va Respublika tashxis markazlariga joriy qilindi.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Toyloq qo‘rg‘oni, Al-Beruniy ko‘chasi, 35-uy
  • 906551313
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket