“Sutda Xalqa reaksiyasi uchun rangli brusellyoz antigeni”
Insonlar uchun xavfli bo‘lgan brusellyoz kasalligini tashxislovchi mahalliy vosita (diagnostikum)
Maqsadi: Mazkur
loyihada hayvonlarning xavfli brusellyoz kasalligini erta tashxislash uchun “AR,
KBR va KUMBR uchun yagona brusellyoz antigeni” hamda “Sutda xalqa reaksiyasi uchun
rangli brusellyoz antigeni” O‘zbekistonda ilk marotaba mahalliy shtammlar asosida
sanoat usulida ishlab chiqarilishi maqsad qilib olingan.
Vazifasi: Respublikadagi
mavjud chorvachilik fermer xo‘jaliklari, aholi shaxsiy xo‘jaliklarida parvarishlanayotgan
qishloq xo‘jalik hayvonlarini insonlar uchun xavfli brusellyoz kasalligini tashxislash
uchun institutning “Mikroorganizmlar kolleksiyasi” depozitariysida ruyxatga olingan
va saqlanayotgan maxsus pasportga ega bo‘lgan mahalliy brusella shtammlaridan ikki
turdagi brusellyoz antigenlarini ishlab chiqarib, shartnoma asosida sotilishdan
iborat edi. Amalda rejadagi 2 tur mahsulot o‘rniga 5 turdagi preparatlar ishlab
chiqarilib, realizatsiya qilinmoqda va respublika bo‘yicha insonlar va hayvonlar
orasida xavfli brusellyoz kasalligini tezkor aniqlanayapti.
Ilmiy yangiligi:
AR va KBR uchun tayyorlangan yagona brusellyoz antigenlarining faolligi brusella
anti-abortus milliy agglyutinatsiyalovchi zardobiga muvofiq standartlashtirildi;
nazoratdagi
B.abortus 99 shtammidan tayyorlangan antigen bilan mahalliylashtirilgan
B.abortus 104M UZ shtammidan tayyorlangan antigenlarning faollik ko‘rsatkichlari
bir xil bo‘lib, ularning B.melitensis Rev-1 UZ, va №9 shtammlaridan tayyorlangan
antigenlarga nisbatan yirik donador agglyutinatlar hosil qilishi reaksiya natijalarini
hisobga olishda diagnostik xatolarni kamaytirishi aniqlandi;
O‘zbekistonda
ilk bor mahalliylashtirilgan B.abortus 104M UZ shtammi va undan AR, KBR va KUBR
uchun yagona brusellyoz antigeni ishlab chiqarish usuli yaratildi;
B.abortus
104M UZ shtammi AR, KBR va KUBR uchun yagona brusellyoz antigeni ishlab chiqarish
reglamenti (IChR), Tashkilot standarti (Ts) va foydalanish bo‘yicha qo‘llanma ishlab
chiqildi;
B.abortus
104M UZ shtammidan AR, KBR va KUBR uchun yagona brusellyoz antigeni yaratilgan,
davlat ro‘yxatiga (№VP 0663-21, 02.03.2021 y) kiritilgan va Respublika tashxis markazlariga
joriy qilindi.