"Qon zardobida (plazmada) parrandalarning Nyukasl kasalligi qo‘zg‘atuvchisiga antikorlarni ferment bilan bog‘liq immunosorbent aniqlash uchun reagentlar to‘plami"
Maqsadi: Loyihaning maqsadi parandalar (qushlar) orasida
Nyukasl virusi kasalligini tashxislash uchun mo'ljallangan ferment
immunoassaylari uchun mahalliy reagentlar to'plamlarini ishlab chiqish edi.
Vazifasi: Parrandalarning Nyukasl kasalligi (NK) qo‘zg‘atuvchisi
antigenlariga IgG antitelalarni aniqlash immunofermentli tahlilning (IFT,
ELISA) bilvosita variantiga asoslangan. Planshet chuqurchalarining ichki yuzasiga
NK virusi antigeni
immobilizatsiya qilingan. Tekshirilayotgan namunadagi NK virusiga qarshi
antitelalar chuqurcha yuzasidagi antigen bilan bog‘lanadi. Hosil bo‘lgan kompleks
parrandalar immunoglobulinlari
IgG qarshi sichqonlar monoklonal antitelasi va xren peroksidazasining konyugati
yordamida aniqlanadi. Natijada plastik bilan o‘zaro bog‘langan peroksidazali “sendvich”
paydo bo‘ladi. Tetrametilbenzidin (TMB) substrat eritmasi bilan inkubatsiya qilish
jarayonida chuqurchalardagi eritmalarda ranglanish yuz beradi. Ranglanishning intensivligi
NK antigeniga qarshi
maxsus IgG antitelalar miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri proporsionaldir.
Ilmiy
yangiligi: Loyihaning
ilmiy yangiligi qushlarning Nyukasl, yuqumli bronxit, parranda grippi kabi
virusli kasalliklarini nazorat qilish, diagnostika qilish va ishlab chiqarish
uchun mo'ljallangan antijenler, diagnostik zardoblar va IFTuchun reagentlarning
mahalliy kolleksiyasini yaratishdadir,