Tejamkor va Xavfsiz bino
Tejamkor va Xavfsiz Bino
Telegramdagi va youtubedagi umumiy ma'lumotlar uchun link:
https://t.me/camu_tech_startap1
https://www.youtube.com/@camu_tech
CAMU_TECH jamoasi tomonidan taklif etilayotgan bu startap loyiha hozirgi
kundagi aktual muammolarni hal qilishda iqtisodiy, ijtimoiy va tibbiy jihatdan
katta foyda keltiradi. Quyida bu muammolar va ularning yechimlari bilan
tanishib chiqamiz va loyihaning qisqacha mazmunini tasvirlaymiz.
Biz o‘rgangan hozirgi kundagi O‘zbekistondagi, balki Markaziy Osiyodagi
aktual muammolar:
1. Yong‘inlarning ko‘pligi.
2. Ichimlik suvining isrof bo‘lishi.
3. O‘zbekiston hududida qurilayotgan binolardagi xonalarning
atmosferasini nazoratsizligi.
Yong‘inlar
Yong‘inlar inson hayoti va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy
faoliyatining eng xavfli tahdidlaridan biridir.
Ta’kidlash lozimki, respublikamizda 2023 yilda 10 204 ta yong‘in
hodisasi yuz berib, unda 251 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 79 nafari vafot
etgan. Yong‘inlar oqibatida jismoniy va yuridik shaxslarga 270,4 milliard
so‘mlik zarar yetkazilgan. Bu, 251 nafar fuqaro hayoti xavf ostida qolganligini
va o‘lim darajasi juda yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Yong‘inlar nafaqat
insonlar hayotiga zarar keltiribgina qolmay, iqtisodiy jihatdan katta zararlar
ham yetkazadi. Bu muammolarni yechimi sifatida biz guruhimiz tomonidan ishlab
chiqilgan loyiha taklif qilmoqdamiz.
Biz binolarning eski yong‘inga
qarshi kurashish tizimlaridagi kamchiliklarni o‘rganib, mukammal tizim yaratdik
va tizimimizning prototipini yaratdik.
Tizimimiz qulayliklari:
1. Tizimimiz
maxsus yong‘inni aniqlovchi datchiklar to‘plamidan iborat bo‘lib,
yong‘inlarning oldini olishga va agar yong‘inlar kelib chiqsa avtomatik o‘chirish
tizimiga ega.
2. Yong‘in kelib
chiqishini oldindan aniqlab, bino yoki uy egasiga SMS xabarnoma yuborish va
doimiy nazorat qilish uchun yagona veb tizimga ega.
3. Agar binoda
yong‘in kelib chiqsa, bu ma’lumotni davlatning maxsus organlariga joylashuv holatini
ko‘rsatish orqali xabar berish imkoniyatiga ega.
Telegram youtube tarmoqlaridagi video va to'liq ma'lumotlar uchun
linklar:
https://t.me/camu_tech_startap1/17
https://www.youtube.com/watch?v=FM0CmRKY-rs
Ichimlik suvi
Suv inson hayoti va tabiatga zarur bo‘lgan eng oliy ne’matlardan
biridir.
Ma’lumki, O‘zbekiston hududida ayni bahor oylarida yog‘ingarchiliklar
juda ham ko‘payadi (aprel oyi 2022 yilda hisobiga ko‘ra Toshkentda bir oyda 9
mm (me’yoridan 14%) yog‘ingarchilik kuzatildi). Biz kuzatishlarimiz asosida bu
tabiat inomlaridan oqilona foydalana olmayotganimizni tan oldik va o‘z loyihamiz
orqali bu tabiat inomlaridan oqilona foydalanish hamda bu suvlarni texnik
suvlar sifatida ishlatish orqali ichimlik suvini tejashni rejalashtirmoqdamiz.
Biz yomg‘ir suvlaridan oqilona foydalanish orqali binolardagi
kanalizatsiya tizimini tubdan o‘zgartirib, har bir bino o‘z-o‘ziga xizmat
prinsipini qo‘llashni niyat qilganmiz. Ya’ni, yomg‘ir suvlarini texnik suvlar
sifatida ishlatish orqali binolardagi faqat hojatxona uchun ishlatiladigan suv
miqdorini kamaytirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, bu tizimni faqat
birgina bino uchun qo‘llab, ortiqcha xarajatlarni oldini olish hamda tabiiy
ichimlik suvini 70% gacha tejashni rejalashtirmoqdamiz.
Biz bu tizimimiz orqali yog‘ingarchilik mavsumidagi yomg‘ir suvlaridan
oqilona foydalanib, bu suvlarni hojatxona uchun qayta-qayta ishlatish orqali
suv sarfini tejash hamda ichimlik suvlaridan oqilona foydalanishni
rejalashtirmoqdamiz.
Telegram youtube tarmoqlaridagi video va to'liq ma'lumotlar uchun
linklar:
https://t.me/camu_tech_startap1/18
https://t.me/camu_tech_startap1/12
https://www.youtube.com/watch?v=xWhJ_BMOyiw
Toza va tabiiy atmosfera
Toza va tabiiy atmosfera insoniyatning sog‘lomlik darajasining eng muhim
garovidir.
Hozirgi kunda O‘zbekiston
Respublikasida qurilayotgan binolarni biz o‘z jamoamiz bilan o‘rganganimizda
quyidagi kamchilik va muammolarga duch keldik:
1. Bino xonalarining atmosferasini nazoratsizligi va
avtomatlashtirilmaganligi. 2. Kislorod, tabiiy gaz, xonalar yoritilganligi va
changlarning normada emasligi. 3. Havo almashtirish tizimining alohida bir
tizim qilinmaganligi.
Bu muammolarni yechimi sifatida
biz maxsus aqlli datchiklardan iborat bo‘lgan qurilmani ishlab chiqdik. Bu
qurilmamiz orqali biz xonaning 7 dan ortiq parametrlarini aniqlagan holda
xonalarning atmosferasini nazorat qilishga va bu orqali insonlarning tibbiy
holatlarini yaxshilashga erishamiz.
Telegram youtube tarmoqlaridagi
video va to'liq ma'lumotlar uchun linklar:
https://t.me/camu_tech_startap1/16 https://www.youtube.com/watch?v=hgwgkrjAO3k