Stevia o‘simligi shakar o‘rnini bosuvchi dorivor vosita

  • XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI
  • boshqalar
  • Ilmiy loyihalar

Steviya o‘simligidan olinadigan mahsulotlari, tibbiyotda, farmasevtikada, oziq – ovqat sanoat sohalarida, qandli diabet, organizmda ortiqcha yog‘larni to‘planishi hamda metabolik jarayonlarni buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni oldini olishda foydolaniladi. Bundan tashqari gipotenziv (qon bosimni pasaytiradi), kardiotonik, antibakterial, antifungal, antiviral, diuretik, tonik hamda yaralarni davolashda samarali vosita sifatida qo‘llaniladi. Steviya o‘simligi tarkibining asosiy ustuvor koʻrsatkichlari:

 

Barglarining tarkibida shirin taʼm beruvchi diterpenoid (steviozid) glikozidi mavjud. Steviozid moddasi 0,4 % li saxaroza eritmasidan 300 barobar, 10 % li shakar eritamasidan esa 150 barobar shirinroqdir. Bundan tashqari, tarkibida flavonoidlar (kvertsetin, rutin), mineral moddalar – (kalsiy, fosfor, kaliy, rux, temir, xrom, magniy, selen, mis, marganets, kobalt), hamda vitaminlar (B guruhi, А, C, E va. h.k.) mavjud. Steviya o‘simligi organizmga umumiy quvvat va mustahkamlovchi sifatida taʼsir etadi. O‘simlikning tarkibidagi moddalar tishlarda yog‘ va boshqa moddalar to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu esa tish emalini mikroblar tomonidan yemirilishini oldini oladi. Steviya qondagi qand (shakar) miqdorini nazorat qiladi va insulin garmoni faoliyatiga ko‘maklashib, organizmni qand bilan taʼminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Steviya o‘simligi tarkibidagi biologik faol modda - glikozid (steviozid) organizimda tabiiy ozuqa o‘rnini bosuvchi vositalardan biridir.

Xorazm  Ma’mun  Akademyasi olimlari tomonidan yetishtirilayotmoqda. Ayni paytda steviya o‘simligi 1200 tupi keltirilib qadalgan. 1 gektar maydonda 120 ming tup ko‘chat parvarishlanadi. Bu 60 tonna shakar, deganidir.

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI

220900, Khiva, Markaz-1
  • 932802505
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket