AL-442105823 “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining parazitar va transmissiv kasalliklar tarqatuvchilari (Artropoda) ga qarshi mahalliy “Bioinsektitsid” preparatini ishlab chiqarish va joriy etish”

  • Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
  • boshqalar
  • Ilmiy loyihalar

Veterinariya sohasida ilk marotaba mahalliy biologik «Bioinsektitsid» preparati yaratilib, respublikamizda keng tarqalgan parazitlar va parazitozlarga, hamda xavfli transmissiv kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini tarqatuvchi artropodalar (qon so‘ruvchi hasharot va kanalar) ga qarshi kurashning ekologiyaga, odamlar va hayvonlar sog‘lig‘iga, foydali fauna va floraga xavfsiz bo‘lgan usul va vositalari ishlab chiqildi hamda ishlab chiqarish sharoitida Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriya hayvonlarida, Samarqand, Navoiy, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani chorvachilik xo‘jaliklaridagi hamda aholi xonadonidagi qishloq xo‘jalik hayvonlarida joriy etilib yuqori samaradorlikka erishildi. Natijada, insonlar va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan (o‘lat, kana ensefaliti, tulyaremiya, gemorragik, Termiz, Tomdi, Qrim-Kongo, efemer, kana isitmalari) kabi transmissiv kasalliklarni paydo bo‘lish va tarqalish xavfini maʼlum darajada kamaytirishga hamda oldini olishga erishildi. Bundan tashqari, Qishloq xo‘jalik hayvonlarining parazitar va transmissiv kasalliklarga qarshi kurashga, oldini olishga, chorva mollarini sog‘lomlashtirishga erishildi hamda mahalliy «Bioinsektitsid» preparatining ishlab chiqarish parametrlari, texnologik reglamenti, tashkilot standarti va qo‘llash yo‘riqnomasi ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Toyloq qo‘rg‘oni, Al-Beruniy ko‘chasi, 35-uy
  • 906551313
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket