Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan suv isitgich uskunasini ishlab chiqarish.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 08.11.2017y. PQ-3379-son “Energiya resurslaridan oqilona
foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan
energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, mazkur
sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida suv isitgich
uskunasini ishlab chiqarishni yo‘lga quyish maqsad qilib olinmoqda. Ishlab
chiqariladigan mahsulot orqali gaz va elektr energiyasini 50-70% ga tejashga
erishiladi. Masalan: bir xonadon oyiga suv kizdirish uchun (yuvinish, kir yuvish)
250 000 sum sarflaydi, bir yilda 3 000 000 so‘mni tashkil etadi. Soat 7:00 dan
boshlab soat 20:00gacha kuyosh turadi bu esa bir kunnin 54% va ennersiya orkali
taxminnan 16% kushsak 70% ga tugri keladi. Loyihaning dolzarbligi,
mamlakatimizda oxirgi 15 yilda elektrenergiyasiga bo‘lgan extiyoj 25% oshdi va
energiya resurslarini tejash va muqobil energiya manbalarini joriy etishni
talab etmoqda. Yurtimizda, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida
quyoshli kunlar soni 260 kundan ortiqligi va yoz mavsumlarida harorat +35°C,
+40°C gradus tashkil etadi va tabiiyki bunday vaziyat quyosh energiyasida
ishlaydigan suv isitgich tizimlarini ishlab chiqarishni taqozo etadi.