Orolboʻyi mintaqasida yashovchi bolalar uchun sut kislotali bakteriyalarning mahalliy shtammlari asosida sut mahsulotlari ishlab chiqarish

  • "PANAEV FARMS" FX
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Bo‘tqa tarkibida sumalak, sifatli tvorog, vitamin qo‘shimchalari va yod bo‘ladi. Hozirgi vaqtda barcha sut mahsulotlari pasterizatsiya, ultrapasterizatsiya yoki sterilizatsiya jarayonidan o‘tadi. Ushbu harorat va ishlov berish jarayonida, bolalar ovqatini tayyorlash uchun yakuniy mahsulotning maksimal foydali xususiyatlarini saqlab qolish muhimdir.

 

Shu munosabat bilan biz suzma (tvorog) massasi asosida sumalak, vitaminlar, yod va boshqa foydali moddallar qo‘shilgan mutlaqo yangi mahsulot yaratmoqchimiz. Loyiha doirasida aholidan sut maxsulotlari qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi va laboratoriya sharoitida mutlaqo toza sut maxsulot xom ashyo sifatida ishlatiladi. Texnologiya haqida qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, dastlab yig‘ilgan sut 630C haroratda 1 soatdan ko‘proq vaqt davomida yumshoq pasterizatsiyadan o‘tkaziladi va bu o‘z navbatida sutning foydasini maksimal darajada saqlab, sut tarkibidagi zararli bakteriyalardan himoya qiladi.

 

Bizning fermer xo‘jaligimizda Italiyaning “PIYETRЕBIASI” kompaniyasining quvurli pasterizatsiya uskunasida amalga oshiriladi. Keyinchalik, tvorog massasi tayyorlanadi, tvorog massasidan keyin u tvorog bo‘tqasiga aylanadi. Unda hidni yo‘qotish uchun bug‘ bilan ishlov berish amalga oshiriladi, keyin vitaminlar va qo‘shimchalar qo‘shiladi. Barcha kerakli protseduralarni bajargandan so‘ng, tayyor bo‘tqa qadoqlash mashinasiga o‘tadi.

 

Bo‘tqa tarkibida sumalak, sifatli tvorog, vitamin qo‘shimchalari va yod bo‘ladi. Loyiha doirasida ushbu ishlab chiqarish texnologiyasi patentlanadi.

"PANAEV FARMS" FX

"PANAEV FARMS" FX

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qorao'zak tumani, Qarabug'a QFY Qarabug'a aholi punkti
  • panaevfarms@mail.ru
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered? Check Your Ticket

Are you registered? Check Your Ticket