Gulchang qopqoni
Maqsadi:
1.Oʼzbekiston hududida
allergenli oʼsimliklarning havoda tarqalgan gulchanglarini aniqlash va changlanishini doimiy monitoring qilish.
2.Аllergenli oʼsimliklar
changlanishining boshlanishi va tugash vaqti toʼgʼrisida aholini keng xabardor
qilish.
Vazifasi:
1. Oʼsimlik changlarining
tarqalish xaritasini tahlil qilish boʼyicha mamlakatning 8 hududida oʼrnatilgan
oʼsimlik chang qopqonlaridan toʼliq yillik natijalarni olish.
2. Palenologiya sohasidagi
oʼsimlik changlari monitoringi yoʼnalishida maxsus oʼquv qoʼllanmalarini
tayyorlash va treninglar oʼtkazish.
3. Oʼsimlik changlari
tarkibini butun vegetatsiya davrida (fevral-oktyabr) tahlil qilish va havoda
tarqalgan va allergenlarning potentsial manbai boʼlgan chang
kontsentratsiyasini baholash.
4. Maʼlumotlar bazasini
shakllantirish va uning asosida Oʼzbekiston hududida atlas va oʼsimliklarni
changlanish taqvimini yaratish hamda muntazam yangilash (toʼldirish).
5. Mutaxassislar va aholiga
oʼsimliklarni changlatish vaqti - allergenlarning potentsial manbalari
toʼgʼrisida maʼlumot berishning eng informatsion usullarini aniqlash.
Ilmiy yangiligi:
1. Gulchang qopqoni ichki
barabanining so’rish kuchi hisobiga, 70 km diametrda havoda tarqalgan allergen
o’simliklarning gul changini o’zida ushlab qoladi.
2. Oʼzbekiston hududi havosida
mavjud boʼlgan allergen oʼsimlik changlarining aniqlash boʼyicha bundan oldin
tizimlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Oʼzbekiston hududida
o’rnatilgan gulchang qopqoni orqali allergen xususiyati mavjud boʼlgan oʼsimlik
turlarining xilma-xilligi va havodagi oʼsimlik changlari kontsentratsiyasining
dinamikasini aniq baholash.
3. Mavsumiy oʼsimlik
changlarining tarqalishini oʼrganish mavsumiy allergik nafas olish
reaktsiyalarining oldini olish yoki koʼrinishini kamaytirish uchun profilaktika
choralarining taqvimini ishlab chiqishga imkon beradi.
4. Oʼzbekiston hududida
allergen manbalari boʼlgan oʼsimliklarni atlasini yaratish,aholi va
mutaxassislarni oʼz vaqtida xabardor qilish profilaktika choralarini yanada
samarali amalga oshirishga hamda oʼsimlik changiga allergik reaktsiyalarni
rivojlanish xavfini kamaytirishga imkon beradi.