Chust brendi asosida baliq goʻshtini qayta ishlash va chiqindilaridan parrandachilik uchun ozuqaviy qiymati yuqori boʻlgan yem ishlab chiqarish.

  • “CHUST FISH FRESH” MCHJ
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Baliq go‘shti yuqori biologik qiymatga ega bo‘lib, parhez xususiyati afzalliklariga ega bo‘lganligi uchun insonlar hayotida yaxshi ozuqa hisoblanadi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari Yaponiya, G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Avstraliyada Aholi jon boshiga bir yilda isteʼmol qilinadigan baliq go‘shti o‘rtacha 25-45 kg ni tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha bu raqam 22 kg tengdir. Butun jahon sog‘likni saqlash tashkiloti xulosasiga kura, xar bir inson bir yilda o‘rtacha 12-16 kg baliq go‘shti isteʼmol qilishi lozim. Afsuski, mamlakatimizda bir kishi bir yilda o‘rtacha 7 kg dan baliq go‘shtini isteʼmol qilmoqda va bu yillik 360 ming tonna ehtiyojni keltirib chiqaradi. Shu bois respublikamizda intensiv akvakulturani rivojlantirish bugungi kunning eng muhim masalasiga aylangan. Shu sababli Chust innovatsion hududida baliq mahsulotlarini qayta ishlash va Chust brendi ostida ishlab chiqarish, aholini go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shuningdek baliq mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash orqali parrandalar uchun ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lgan ozuqa - yemlarni ishlab chiqarish loyihani asosiy maqsadi hisoblanadi. Hozirgi kunda aholini go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji yuqoriligicha qolmoqda va chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalariga bo‘lgan talab xam katga. Shu sababli Chust innovatsion hududida baliq mahsulotlarini qayta ishlash va undan hosil bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash orqali parrandalar uchun ozuqaviy qiymati katga ozuqa-yemlarni ishlab chiqarish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Loyiha davomida nafaqat baliq mahsulotlari balki tovuq, o‘rdak, hoz, quyon go‘shtlarini qayta ishlash xam yo‘lga quyiladi. Bu orqali Aholi xonadonlarida boqilayotgan tovuq, o‘rdak, g‘oz va quyonlarni korxona tomonidan sotib olish va ularni jo‘jalarini aholiga tarqatish bilan innovatsion tadbirkorlik xam yo‘lga quyiladi. Demak, aholiga jo‘ja tarqatiladi va ularni sotib olish korxona zimmasiga tushadi. Aholi bilan tegishli tartibda tuzilgan shartnomalar asosida faoliyat yuritiladi.

“CHUST FISH FRESH” MCHJ

“CHUST FISH FRESH” MCHJ

Sadacha MFY
  • mavjudem@s.com
  • +998937784968
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket