Adirlik va togʻli yoʻllarda xarakatlanuvchi Baggi tipidagi sport avtomobilini sanoat namunasini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish.

  • “SHUHRAT SHAXNOZ BAGGI INNOVATSION” MCHJ
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Adirlik va tog‘li yo‘llarda harakatlanuvchi Baggi tipidagi sport avtomobilini konstruktiv ishlanmalarini tayyorlash, mashina ishchi qismlarini optimallashtirish orqali respublikamizda foydalanish uchun qulay yangi tipdagi mashinani loyihalash. Mashina transmissiyasi va boshqaruv tizimini takomillashtirish. Mashinani texnik parametrlarini ishlab chiqish. Foydalanish noqulay bo‘lgan hududlarda harakatlanish uchun qulay bo‘lgan avtomashinalarni ishlab chiqarishga joriy qilish. Ishlab chiqarishga joriy qilish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish. Yurtimizda sport avtomobillariga bo‘lgan ehtiyoj yuqoridir. Baggi tipidagi avtomobillaridan tog‘li, adirli va cho‘l hududlarda foydalanish qulaydir. Hozirgi kunda ushbu hududlarda 35-40 yil oldin ishlab chiqarilgan JIP tipidagi avtomashinalardan foydalanilmoqda. Ushbu avtomashinalar eski va vazni og‘irligi sababli yoqilg‘i sarfi yuqoridir. Mazkur avtomashinalarni tog‘li hududlarda harakatlanishi xam qiyindir. Tog‘li, adirli va cho‘l hududlarda harakatlanish uchun mo‘ljallangan baggi tipidagi xizmat avtomobillari ishlab chiqish dolzarb masaladir. Moslashuvchan konstruksiyam ega sport avtomobillarini O‘zbekiston Respublikasi geografik relefidan kelib chiqib transmission va konstruktiv loyihalash ishlarini amalga oshirish va tannarxini kamaytirish orqali qulay narxdagi mahsulotlarni halqimizga yetkazib berish biznes loyihamizni asosiy mazmunini tashkil qiladi.

“SHUHRAT SHAXNOZ BAGGI INNOVATSION” MCHJ

“SHUHRAT SHAXNOZ BAGGI INNOVATSION” MCHJ

Doʻzanda MFY
  • mavjudemas@bk.ru
  • +998970030740
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket