Turli xil kuygan yaralarni davolovchi antibakterial xossali implant-plyonkalarning tibbiy - biologik xossalari va ishlab chiqarish texnologiyasi
Har yili Respublika bo`yicha 7-8 mingdan ortiq inson kuygan yaralar bilan gospitallashtiriladi ulardan taxminan 5% holatlarida o`lim bilan kechadi. Dunyoda turli xil kuygan yaralarni davolovchi universal preparat yaratilmagan. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi tarkibida turli o`lcham va shaklli barqaror kumush nanozarralari tutgan polymer tarkibli, antibakterial va yallig`lanishga qarshi, bioparchalanuvchan, sorbsion xossali implant-plyonkalarning yangi avlodini yaratish va ularning klinik oldi tadqiqotlarini olib borishdan iborat. Mazkur loyixa O`zR Patenti bilan ximoyalangan.
RESPUBLIKA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZI
Toskent sh., Chilonzor tum., Kichik xalqa yo'li 2