Oʻsimlik yogʻisiz (soya yogʻi kislotasidan) qurilish sohasida ishlatiladigan alkid S-4200-M-60 mahsulotini ishlab chiqarish

  • “ROYAL GLOBAL TRAVEL” MCHJ
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Mazkur loyihaning maqsadi lak bo‘yok mahsulotlarini ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladigan Alkid S-4200-M-60 mahsulotini o‘simlik yog‘idan emas balki soya yog‘i kislotasidan olish imkoniyatini yaratish. Alkid S-4200-M-60 mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo soya yog‘ kislotasi, pentaeritrit, ftaleviy angidrid, ksilol, nefras kerakli miqdorda va sharoitlari optimallashtiriladi. Alkid S-4200-M-60 mahsulotini ishlab chiqarish orqali tanqis bo‘lgan o‘simlik yog‘i qurilishga emas, balki oziq-ovqatga yo‘naltiriladi, oziq-ovqat xavfsizligi mustahkamlanadi, qurilish sohasida 7 ishlatiladigan lak bo‘yok mahsulotining sifati oshadi va tan narxi pasayadi va shu bilan bir qatorda import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqariladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda lak bo‘yok mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar alkid ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida o‘simlik yog‘ini ishlatadilar. Uz navbatida o‘simlik yog‘i esa O‘zbeksitonga import qilinadi. Mazkur holat yog‘-moy (oziq-ovqat) hamda lak bo‘yok mahsulotlarining tan narxini oshishiga va ularning ichki bozorda taxchilligi ortishiga olib keladi. Loyiha maqsadi lak bo‘yok mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun alkid (S-4200-M-60) xom ashyosini soya yog‘i kislotasidan foydalangan xolda ishlab chiqarish amalga oshirish va o‘simlik yog‘ini oziq-ovqatga yo‘naltirish.

“ROYAL GLOBAL TRAVEL” MCHJ

“ROYAL GLOBAL TRAVEL” MCHJ

Naqqoshlik ko'chasi 121
  • mehrjon73@mail.ru
  • +998 93 587 33 03
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket