“Fitopassit” tinchlantiruvchi dori vositasini ishlab chiqarishni tashkil etish

  • “LAFZ” MCHJ
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

“Fitopassit” preparati nerv tizimining funksional faolligiga sedativ taʼsir ko‘rsatib, turli etiologiyali nevrozlar, taʼsirchanlik, xavotirlanish, qo‘rquv, toliqish, parishonxotirlik bilan kechuvchi nevrasteniyaning yengil shakllari; nerv qo‘zg‘alishi; uyqusizlikda ko‘llaniladi. “Fitopassit” tinchlantiruvchi preparati 6 xil mahalliy dorivor o‘simliklar (arslonquyruq o‘ti, valeriana ildizpoyalari, naʼmatak mevasi, do‘lana mevasi, qora zira mevasi, oddiy qulmoq) asosida olingan. “Fitopassit” preparatining quruq ekstraktini va kapsula shakllarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Mahalliy dorivor o‘simliklar asosida olingan tinchlantiruvchi taʼsirga ega “Fitopassit” dori vositasini tijoratlashtirishga tayyorlash uchun barcha kerakli meʼyoriy hujjatlar to‘plami yig‘iladi va ishlab chiqarishga joriy etiladi. «Fitopassit» preparatini kapsula dori shaklini ishlab chiqarishni amalga oshirilishi, hozirda chet ellardan keltirilayotgan sedativ dori vositalarni o‘rnini bosadi va tannarxining 3-4 barobar arzonligi tufayli iqtisodiy samara keltiradi va kelajakda eksport imkoniyatini yaratadi. Fitopassit” 0,125 g kapsula dori shaklini tibbiyotda va ishlab chiqarishda sedativ dori vositasi sifatida qo‘llash uchun ruxsat olingan.

“LAFZ” MCHJ

“LAFZ” MCHJ

Toshkent shaxar, Shayxontoxur tumani, S. Darvoza ko'-si, 1 uy
  • lazizatursunova88@inbox.ru
  • +998998854701
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket