“Resurs tejamkor ohorlovchi polimer-kompozitsiyalar yaratish va toʻqimachilik korxonalarida joriy etish texnologiyasi”

  • “SHARQ BUSINESS SOLUTION” MCHJ
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Loyiha texnik maqsadlarda qo‘llaniladigan kraxmal va uni mahsulotlari sarf miqdorining keskin kamayishiga xizmat qiladi, ohor tayyorlashning soddaligi, qo‘shimcha texnologik jarayonlarni talab qilmaydi, kalava ipning mustahkamligi 10-15 % ga, shuni hisobidan to‘kuv dastgohlarida mehnat unumdorligi 1,3-1,5 marta ortadi, polimer kompozitsiya asosidagi plyonkalarning yuqori gidrofil xususiyatga ega bo‘lganligi sababli to‘quv sexlarida havo namligi 70% dan 60% gacha kamayadi, natijada to‘quv sexlarida sanitar gigiyenik holat yaxshilanadi. Taklif qilinayotgan loyiha texnik maqsadlarda qo‘llaniladigan kraxmal va uni mahsulotlari sarf miqdorining keskin kamayishiga; ohor tayyorlashning soddaligi, qo‘shimcha texnologik jarayonlarni talab qilmaydi. Kalava ipning mustahkamligi 10-15 % ga, shuni hisobidan to‘quv dastgohlarida mehnat unumdorligi 1,3-1,5 marta ortishiga erishiladi. Polimer kompozitsiya eritmasi yuqori barqarorlikka ega bo‘lib, uzoq vaqt o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi, matodan ohor oson yuviladi. Hozirgi kunda ishlatib kelinayotgan kraxmal asosidagi anʼanaviy ohorlovchilar mustahkam, elastik plyonkalarni hosil qilmaydi, yelimlovchi moddalarning yuqori konsentratsiyasida yetarli qovushqoqlikka hamda tolali materiallarning yuqori bo‘lmagan ho‘llanish qobiliyatiga ega emas, uzoq muddat saqlaganda barqaror bo‘lmaganligi sababli, ularning qo‘llanish sohalarini cheklaydi. Shu bilan bir qatorda kraxmal va boshqa ohorlovchi komponentlar chet eldan valyuta hisobiga olib kelinmoqda. Yangi ohorlovchi materiallarning ishlab chiqarish va qo‘llash natijasida oziq- ovqat xom ashyolarning sarfini kamaytirish bilan bir qatorda ohorning texnologik xossalariga qo‘yilgan yuqori talablarni saqlagan holda qimmatbaho chet el ohorlovchi materiallarni to‘liq almash-tirishga imkon tug‘iladi. mahalliy xom ashyolar asosida energiya tejamkor yuqori samarali ohorlovchi, quyuqlashtiruvchi va to‘ldiruvchi nanostrukturali polimer kompozitsiyalar texnologiyasi ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan kom-pozitsiya mahsulotning sifati va xossasini yaxshilashga, uning tan-narxini kamayishiga olib keladi.

“SHARQ BUSINESS SOLUTION” MCHJ

“SHARQ BUSINESS SOLUTION” MCHJ

ALISHER NAVOIY MFY, AMIR TEMUR KO'CHASIDA JOYLASHGAN SANOAT KOLLEJI BINOSIDA
  • feruzjon.jo'rayev@mail.ru
  • +998914002200
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket