Import oʻrnini bosuvchi yuqori oqsilga va minerallarga boy “Vannamei” krevetkalarni yetishtirish texnologiyasini yoʻlga qoʻyish

  • “SHRIMP FACTORY-2022” MCHJ
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Loyiha doirasida import o‘rnini bosuvchi, dunyoda keng foydalaniladigan vannamey krevetkalarini o‘zimizning mahalliy sharoitda ko‘paytirib yetishtirishni tashkil etishdan iborat. Bugungi kunda krevetka yetishtirish jaxon bozorida eng ommalashgan biznes bo‘lib, xaridorgir mahsulot hisoblanadi. krevetka yetishtirishda yetakchi bo‘lgan davlatlarning o‘zlari ham katta xajmda ushbu mahsulotni import qiladilar. krevetka oqsil, Omega-3 va antioksidantlarga boy hisoblanib, ular hujayra yoshligi davrini uzaytiradi. Hozirda jahon bozorida 1 kg krevetka narxi 15-20 dollar atrofida va O‘zbekistonda esa 200-500 ming so‘m atrofida sotilmoqda. Har yili O‘zbekistonga 133,8 tonnalik qiymati 794,6 ming dollarlik krevetka import qilinmoqda. krevetka o‘zida kalsiy, kaliy, fosfor, natriy, magniy, temir, sink, yod kabi minerallarni o‘zida mujassam etib, Vitamin A, S, E, B1, B2, B9, PP lardan tashkil topgan. U qondagi “yaxshi” xolesterin darajasini oshiradi va “yomon” xolesterin darajasini pasaytiradi. B vitaminga boyligi bilan yurak- qon tomir tizimiga ham jiddiy taʼsir ko‘rsatadi, qon oqimiga to‘sqinlik qiladigan va qon tomirlariga zarar yetkazadigan gomosisten molekulalarini yo‘q qiladi hamda yurak xurujlari ehtimolini oldini oladi va qon bosimni pasaytiradi. Krevetkalar – eng yaxshi antioksidant hisoblanib, ularning tarkibidagi karotinoid moddasi tanaga muntazam ravishda kirib, yangi to‘qimalar va hujayralar paydo bo‘lishiga yordam beradi, ularning yoshligini uzaytiradi va onkologik kasalliklarni rivojlanish xavfini kamaytiradi. Unda D vitamini va kalsiyning yuqori darajdaligi tufayli suyak tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Osteoropoz va bo‘g‘inlarning artrozi bilan og‘rigan bemorlar uchun ushbu dengiz mahsulotini ishlatish foydalidir. Loyixa Eron Islom Respublikasining olimi, Mashxad Firdavsiy universiteti “Innovatsion park markazi” tajribali professor Maleki Mogxaddam Moxammad Reza hamda O‘z.R FA Zoologiya instituti olimi Quvatov Asqar Qoraqulovich bilan amalga oshirilmoqda. Ona krevetkalar Eron Islom Respublikasidan olib kelinadi.

“SHRIMP FACTORY-2022” MCHJ

“SHRIMP FACTORY-2022” MCHJ

Qoratepa QFY
  • shrimpfactory2022@gmail.com
  • +998995812260
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket