Quyonchilik klasterini tashkil qilish

  • “DIYORBEK IMKONI RABBITS” MCHJ
  • boshqalar
  • Tijoratlashtirish loyihalar

Loyiha doirasida Yevropadan zotdor Xikol va Yangi zelandiya zotlari O‘zbekiston sharoitida ko‘paytiriladi va quyon go‘shtini qayta ishlash korxonalariga yetkazib beriladi hamda aholiga sotiladi. aholini arzon go‘sht mahsulotlari bilan taʼminlanadi. “honadonbay” ko‘paytirish usuli joriy etiladi. Naslli quyonlarni kupaytirish maqsadida xorijdan keltirilgan Xikol va yangi zelandiya quyon zotlari uchun qulay sharoit yaratish, ularni hududiy iqlim sharoitlariga genetik moslashtirish va ko‘paytirish uchun zarur sharoitlarni takomillashtirish. Bunda takomillashgan innovatsion quyonxona modeli yaratiladi va yangi zotlar uchun mikroiqlim sharoitidagi to‘liq quyonchilik kompleksini ishlab chiqiladi. Biz yaratgan quyonchilik klasterining quyonlarni iqlimga genetik moslashtirish ho‘jaligini tashkil etiladi. boqilgan quyonchilik “honadonbay” usulda, Aholi xonadonlarida ko‘paytirish va rivojlantirish texnologiyasi joriy etiladi. Ushbu Loyiha Samarqand viloyatida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya Ilmiy tadqikot instituti, veterinar fanlari doktori, professor Elmurodov Bo‘riboy Ahtamovich bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. quyonchilik klasterida quyonlar aholiga tekinga tarqatiladi, yem mahsulotlari bilan taʼminlanadi va 3 oyda 2 marta emlanadi. Aholi xonadonlarida boqilgan quyonlarni sotib olish tashkil etiladi. Natijada aholi xar oyda o‘rtacha 2 mln so‘m atrofida daromad qilish imkoniyati yaratiladi. Loyihani amalga amalga oshirish natijasida Shaxrisabz shahar va tumanlarida quyonchilikni innovatsion usulda rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kam taʼminlangan aholi daromadini oshirish, yoshlar bandligini taʼminlash va aholi dasturxoniga arzon va parxezbop quyon go‘shti yetkazib berish kabi qator vazifalarni bajariladi. Quyonlar tez yetiluvchanligi, jadal o‘sishi bilan boshqa jonivorlardan alohida ajralib turadi. Masalan, buzoqchaning vazni 47-kunga kelib ikki barobarga ortsa, quyoncha 6-kunning o‘zidayoq, xuddi shuncha vazn yig‘adi. Bir oyda esa bu ko‘rsatkich un barobarga, uch oyda 30 barobargacha yetadi. Bu aholini tezda arzon mahsulot bilan taʼminlash imkoniyatini beradi.

“DIYORBEK IMKONI RABBITS” MCHJ

“DIYORBEK IMKONI RABBITS” MCHJ

Kapkon ko'chasi 45-uy
  • oybekkuchkarov6@gmail.com
  • +998939301111
Close
Please fill out the fields below to register in the system

Are you registered?? Check Your Ticket

Are you registered?? Check Your Ticket